Breaking News

Afg’onistonda karantin davrida oilada zo’ravonlik bo’yicha murojaatlar kamaygani nimadan dalolat?


Muhammad A'zamning 14 yoshli homilador qizi Zahro erining oilasi tomonidan o't qoyib yuborilishi natijasida halok bo'lgan. Kobul, 2016-yil.

Karantin tartibi virus tarqalishining oldini olishi rost, lekin oilada zo’ravonlik hollari ko’payishiga olib kelmoqda.

Hirotda psixolog sifatida faoliyat yurituvchi Marzay Akbariyning aytishicha, pandemiyaga qadar davolangan bemorlari karantin boshlanishi bilan kelmay qo’ydi.

“Ayollar yuzma-yuz suhbatlar uchun kelib turardi, lekin koronavirus davrida yo’q bo’lib ketishdi. Ba’zilari telefon orqali aloqaga chiqardi. Hozir qo’ng’iroqlar ham to’xtadi”, - deydi Akbariy.

Karantin oqibatlari: Afg’onistonda oilaviy zo’ravonlik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:05 0:00

Ayollarning huquqiy masalalari bilan shug’ullanuvchi mutaxassis Lida Shariq oilada zo’ravonlik bo’yicha murojaatlar ham kamayganini aytadi. Bu esa, uningcha, aslo zo’ravonlik kamaydi degani emas.

“Avval ham murojaatlar kam tushardi. Taxminan o’ntacha. Endi bo’lsa, ikkita-uchta, xolos. Sababi, uyda qolayotgan erkaklar ayollariga biz bilan bog’lanishiga yo’l qo’ymaydi”, - deydi mutaxassis.

Hirotdagi mahalliy kasalxona direktori Orif Jaloli karantin davrida 100 ga yaqin o’z joniga qasd qilish va zo’ravonlik holatlari yuz berganini aytmoqda.

“Kishilar kasalxonaga kelishga qo’rqadi. Odatda ko’proq odam kelardi. 700 ta o’rin bor edi. Lekin endi 300 ta. Do’pposlangan 20 ayolni qabul qildik. Yana 75 nafar o’z joniga qasd qilgan yoki zaharlangan xotin-qizlar ham kelib tushdi”, - deydi u.

Mutaxassislar fikricha, uyda qolish tartibi o’zaro munosabatlar taranglashishiga, iqtisodiy qiyinchiliklar esa kishilarda stress oshishiga olib kelmoqda. Bu esa oilada zo’ravonlik ko’payishiga sabab bo’lmoqda. Mutaxassislar fikricha, zo’ravonliklar ko’p hollarda bolalar qarshisida yuz bergani uchun ular ham zulm qurboniga aylanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG