Breaking News

Daxlsiz huquqlar nima uchun muhim?


AQShning Mustaqillik deklaratsiyasi matnini tayyorlagan qo'mita vakillari, iyun, 1776. Jon Trambul 1819-yilda chizgan surat.

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

“Shaxslarning huquqlarini toptaydigan va yo’qqa chiqaradigan emas, aksincha, ularning uzviy huquqlarini himoya qiladigan davlatni tuzish bilan AQSh asoschilari dunyo tarixini yangi o’zanga bura olgan”, - deydi Davlat kotibi Mayk Pompeo.

AQSh bosh diplomati bir guruh olimlar va faollarga mamlakatning tamal toshi bo’lgan tamoyillar va 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosida tavsiyalar tayyorlash vazifasini yuklagan edi. Daxlsiz huquqlar bo’yicha komissiya yaqinda o’z hisobotini taqdim etdi.

Taqdimot marosimida so’zlar ekan, Mayk Pompeo AQSh daxlsiz huquqlar asosiga qurilgani va bu tamoyilsiz inson huquqlari himoyasi va tashviqoti bo’yicha amalga oshirilayotgan hukumat siyosati samara bermasligiga urg’u berdi:

“Davlatimiz asoschilari daxlsiz huquqlarni kashf qilgan emas. Biroq Mustaqillik deklaratsiyasida insonlar “teng yaratilgan”i va “daxlsiz huquqlar odamga uning yaratuvchisi tomonidan in’om etilgan”ini qayd etgan. Yashash, erkinlik va baxt uchun intilish ana shu uzviy huquqlardandir”.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo

Pompeoning ta’kidlashicha, ana shu ajralmas huquqlar ichida “mulkka egalik va e’tiqod erkinligi eng muhim ahamiyatga ega”.

“O’z mehnati mevasini totmagan shaxs baxtiyor bo’la olmaydi. E’tiqod erkinligi ta’minlanmagan jamiyat o’z legitimligi va ma’naviy fazilatlarini boy beradi”, - dedi davlat kotibi.

Daxlsiz huquqlar biz amerikaliklar uchun bebaho ne’mat va ana shu qadriyatlar mamlakat tashqi siyosatida ham o’z aksini topishi kerak, deya ta’kidladi Pompeo.

Vashington inson huquqlarining ahamiyatiga qanday izoh beradi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:20 0:00

“Mamlakatimizga asos solgan ajdodlarimiz singari inson huquqlarining uzviy, daxlsiz va barcha uchun umumiy ekaniga ishonsak, ana shu tamoyillarni himoya qilish har bir diplomatik missiyaning asosini tashkil etishi kerak”, - dedi Pompeo.

Amerikaning daxlsiz huquqlar ustuvorligini ta’minlash borasidagi izchil siyosati dunyo bo’ylab o’z ozodligi uchun kurashayotgan xalqlar uchun mayoq vazifasini o’tab kelgan. Xususan, sovet davrida siyosiy mahbus sanalgan Natan Sharanskiy uchun ham. Qamoq jazosini o’tar ekan, Prezident Ronald Reyganning “Zulm imperiyasi” nomli nutqi haqida eshitgan Sharanskiy yuragida umid uchqunlari paydo bo’lgani haqida hikoya qilgan.

“Aminmanki, xalqimiz va butun insoniyat ozodligi yo’lida daxlsiz huquqlarga to’g’ri va yetarli baho berishda davom etsak, Amerika yulduzi samo bo’ylab porlayveradi”, - dedi Pompeo.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG