Breaking News

Turkiya AQShda kimning prezident bo'lishini xohlaydi?


Xalqaro hayot: 2020-yil, 28-oktabr
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:02 0:00

AQShdagi prezidentlik saylovlari Turkiyada ham yaqindan kuzatilmoqda. Chunki so’nggi yillarda ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlar ancha chigallashgan.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog’an yakshanba kungi chiqishida yana Vashingtonni nishonga oldi.

Vashington Rossiyadan sotib olingan “S-400” mudofaa tizimining Turkiyadagi sinovlarini tanqid qilishi bunga sabab bo’ldi. AQShga ko’ra, bu tizim AQSh va NATO mudofaa tizimlariga tahdid soladi.

Turkiya Rossiya bilan hamkorlikni kuchaytirib borar ekan, AQSh Anqaraga sanksiya qo’llash tahdidini oshirmoqda.

Ammo, deydi tahlilchilar, AQSh-Turkiya aloqalari yomonlashsa ham, Erdog’an va Tramp munosabatlari har doimgidan ham mustahkam.

“Tramp Turkiya va Vashington o’rtasidagi yagona ko’prik bo’lib qoldi. Oxirgi ikki yilda aloqalar shu darajada yomonlashdiki, AQSh va Turkiya o’rtasidagi telefon liniyasi ikki mamlakatni birlashtirib turgan yagona zanjir bo’lib qoldi”, - deydi turkiyalik tahlilchi Asli Aydintashbash.

Tanqidchilar Trampni Turkiyadagi inson huquqlari buzilishidan ko’z yumayotganlikda ayblaydi.

Trampning saylovdagi raqibi Jo Bayden ham Tramp-Erdog’an munosabatlarini tanqid qilib, prezident bo’lsa, Turkiyaga qarshi keskinroq siyosat yuritishini aytadi.

“Bayden ma’muriyati inson huquqlari va demokratiyaga ko’proq urg’u beradi. An’anaviy AQSh-Turkiya aloqalari shu asosga qurilgan. AQSh Turkiyaga, biz siz bilan siyosiy hamkor bo’lishni xohlaymiz, lekin o’z uyingizdagi muammolarni ham bir yoqli qilishingizni istaymiz, deb aytadi”, - deydi ekspert.

Turkiya Iroq, Eron va Suriyaga chegaradosh davlat sifatida NATOning muhim strategik hamkori hisoblanadi.

Bayden Obama ma’muriyati davrida Erdog’an bilan Suriya bo’yicha yaqindan ishlagan. Oq uyga demokratlar kelsa, Anqara ular bilan ham kelishib ishlay olishdan umidvor.

“Hukumatlar o’z manfaatlari yo’lida til topisha oladi. Nafaqat NATO, balki Yaqin Sharq bo’yicha ham manfaatlar bor. Turkiyasiz Yaqin Sharq va Qora dengizda hech narsa qila olmaysiz”, - deydi Yeditepe universiteti professori Mesut Chashin.

AQShdagi saylovda kim yutgan taqdirda ham Turkiya bilan aloqalardagi muammolar yaqin orada hal bo’lishi kutilmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG