Breaking News

Kongress iqtisodiy yordamni ma'qullashga qanchalik yaqin?


Bo'lajak prezident Jo Bayden Kongressni koronavirusdan qiynalgan aholi va sanoatlarga yordam berishga undab, yaqin kunlarda yangi dastur qabul qilishga undamoqda. Demokratlar 2 trillion dollardan ortiq mablag' ajratishni takif qilmoqda. Respublikachilar esa bundan ozroq sarflab, muayyan sektorlarga madad ko'rsatish kerak deb hisoblaydi.

Demokratlar murosaga tayyor ekanini aytmoqda. Vakillar palatasi va Senat a'zolari oylardan beri bu borada kelish olmayapti.

Spiker Nensi Pelosi va Senatda demokratlar lideri Chak Shumerga ko'ra, mablag'ni 1 trillion dollarga tushirish borasida muzokara ketmoqda. Biroq Senatda ko'pchilikni tashkil etuvchi respublikachilar sardori Mitch Makkonnell 550 milliard dollarlik taklifida qat'iy ekanini bildirgan, vaholanki, bu loyiha kuzda ikki bor ovozga qo'yildi va o'tmadi.

Demokrat va respublikachi senatorlardan iborat guruh hamkorlikda 1 trillion dollarlik taklifni olg'a surgan. Unga binoan ishsizlarga haftasiga 300 dollar yordam puli beriladi. 160 milliard dollar shtat va mahalliy hukumatlarga ko'mak sifatida uzatiladi. Bu mablag' ta'lim hamda biznes va transport sohalarini quvvatlashi kerak.

Pelosi va Shumer bu loyihani olqishlagan. Vaziyat og'ir, deydi qonunchilar, xalqqa ko'makka muhtoj va Kongress vaqtni boy bermoqda.

Amerika xizmat ko'rsatish sektori, kichik va o'rta bizneslar qattiq zarar ko'rgan. Ular federal va mahalliy hokimiyatlardan yordam so'ramoqda.

Senator Makkonnnell o'z taklifini hozir muhokama qilinayotgan 1 trillion dollarlik loyihaga qo'shishi mumkin. Uning idorasi shunday ehtimolni tilga olgan.

Kongress kelasi bir hafta ichida davlat xarajatlarini ham tasdiqlashi lozim. Bu loyiha 1,4 trillion dollarni o'z ichiga oladi. Aks holda hukumatdan ishdan to'xtab qolishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG