Breaking News

Xitoy iqtisodiyoti pandemiya davrida ham o'smoqda


Xitoyning Xubey viloyati Uxan shahridagi avtomobil zavodi, 2020-yil, 8-aprel

AQSh, Yevropa va Yaponiya iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasi tufayli og’ir yo’qotishga uchragan 2020-yilda Xitoy iqtisodiyoti 2,3 foiz o’sgan.

Yilning oxirgi uch oyida o’sish bir yil oldinga qaraganda 6,5 foizni tashkil etgan. Uchinchi chorakda esa bu ko’rsatkich 4,9 foizni qayd etgan.

2020-yilning birinchi choragida iqtisodiyot 6,8 foizga qisqargan. Pandemiyaga qarshi joriy etilgan keskin cheklov choralari bunga sabab bo’lgan.

Ikkinchi chorakda 3,2 foiz o’sish qayd etilib, Xitoy 2020-yil pandemiya davrida iqtisodiy taraqqiyotga erishgan dunyodagi birinchi mamlakat bo’ldi. Pekin koronavirus ustidan g’alaba qozonilganini e’lon qilib, mart oyidan do’konlar va zavodlar ochilishiga ruxsat berdi.

“Mamlakat miqyosida qilingan ishlar natijasida pandemiyani to’xtatish, ish va ishlab chiqarishni qayta boshlash bo’yicha yetakchilikni qo’lga kiritib, ijobiy iqtisodiy o’sishga erishgan birinchi davlat bo’ldik”, - deydi Xitoy Milliy statistika byurosi rahbari Ning Sije.

“Iqtisodiyot barqaror qayta tiklandi va yashash standartlari to’liq ijroga kiritildi”, - deyiladi byuro bayonotida.

Yana unda qayd etilishicha, taraqqiyot rejalari kutilganidan ko’ra yaxshiroq bajarilgan.

2020-yil Xitoyning so’nggi bir necha o’n yillik tarixida iqtisodiyot eng sekin o’sgan yil bo’ldi. Eng so’nggi past o’sish 1990-yilda qayd etilgan bo’lib, o’shanda 3,9 foizni tashkil etgan.

Dunyoning boshqa yirik davlatlari hali bir yillik iqtisodiy ko’rsatkichlarni e’lon qilgani yo’q. Ammo ularning barchasida iqtisodiyot qisqargani taxmin qilinmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG