Breaking News

Olloqulov tazyiqlar yuzasidan prokuraturadan javob kutmoqda


Xidirnazar Olloqulov, Termiz Davlat universiteti sobiq rektori partiya tuzib, muxolif nomzod sifatida prezidentlik uchun Shavkat Mirziyoyev bilan kurashmoqchi

Tarafdorlarga ko'ra, “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi qurultoyiga qo’yilgan taqiq, partiya yetakchisi professor Xidirnazar Olloqulovning uyiga uyushtirilgan qamal siyosiy va inson huquqlari toptalishidir.

Bu tahdid O’zbekistonda bu yili kutilayotgan prezidentlik saylovlariga ham allaqachon soya tashlay boshlagan. Xalqaro kuzatuvchilar, mahalliy sharhlovchilar ham prezidentlik saylovida qatnashishini e’lon qilgan siyosiy partiyaga, uning liderga ko’rsatilgan bosimni shunday baholamoqda.

So’ngi voqealar O’zbekiston hukumati Milliy gvardiya, huquq-tartibot idoralari yordamida siyosiy faollikka intilayotgan o’zbekistonliklar sabrini sinovdan o’tkazishga qaror qilganidan darak berayotgandek.

Dastlabki jiddiy tazyiq bevosita partiya lideri, uning oila a’zolariga qaratildi. Olloqulovning uyi qamalga olinar ekan, uning qizlari, kuyovi va nabiralari kaltaklangan. Professorning o’z kuch bilan so’roqqa olib ketilgan va qurultoyga yig’ilgan faollar tarqatilgan.

"Haqiqat va taraqqiyot" lideri tazyiqlarga bosh egmoqchi emas
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:35 0:00

Olloqulov aksincha yanada tetiklashgan ko’rinadi. Uning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, kurashni davom ettirish qarorida qat’iy va o’z tarafdorlarini qo’rquvni chetga surib, faollikni kuchaytirishga chaqirmoqda.

Ayni paytda Olloqulovning kaltaklangan oila a’zolari tibbiy ekspertizadan o’tkazilgan. Huquq-tartibot vakillari ustidan prokuraturaga shikoyat arizasi kiritilgan. Javob kutilmoqda. Olloqulov nima sabadan uning oila a’zolari tashqarida kaltaklanayotgan bir paytda uning o’zi uyda, eshikni qulflab olishga majbur qolganini partiya qurultoyini o’tkazib olish maqsadi bilan izohlaydi.

Olloqulovga ko’ra, mustaqil partiyaga nisbatan hukumat tazyiqlari keskin bosqichga chiqayotgani amaldagi siyosiy rejimni saqlash qolish, kutilayotgan prezidentlik saylovlarini raqobatsiz o’tkazib olish qaroriga bog’liq.

Hukumat Olloqulov va "Haqiqat va taraqqiyot" haqida biror izoh bermaydi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG