Breaking News

Eron: Isroilning xursandchiligi uzoqqa bormaydi


Eron brigada generali Muhammad Husaynzoda Hijoziy, Tehron, Eron, 2006-yil, 26-noyabr
Eron brigada generali Muhammad Husaynzoda Hijoziy, Tehron, Eron, 2006-yil, 26-noyabr

Eron Inqilobiy gvardiya kuchlari rahbari Isroilga qarshi bayonot chiqarib, bu davlatning xursandchiligi uzoqqa bormasligi haqida ogohlantirdi.

Genaral Husayn Salomiy bu haqda brigada generali Muhammad Husaynzoda Hijoziyning Tehronda o’tgan janoza marosimida gapirdi.

Yakshanba kuni Inqilobiy gvardiya kuchlarining yetakchi qo’mondonlaridan biri Hijoziyning vafot etgani e’lon qilingan edi.

65 yoshida olamdan o’tgan Hijoziy Inqilobiy gvardiya kuchlarining Quds bo’linmasi qo’mondoni o’rinbosari bo’lgan.

Bu bo’linma xorijdagi amaliyotlarni ijro qiluvchi muhim harbiy guruh bo’lib, Hijoziy Iroq, Livan va Suriyadagi missiyalarga yetakchilik qilgani aytiladi.

1956-yil isfahon shahrida tug’ilgan Hijoziy 1979-yilgi islomiy inqilob ortidan Eron Inqilobiy gvardiya kuchlariga qo’shilgan; uzoq yillar Basij ko’ngillilar guruhini boshqargan.

Hijoziy Livandagi harbiy amaliyotlar ortidan o’tgan yili aprelda Quds kuchlari qo’mondoniga o’rinbosar etib tayinlangan edi.

Gvardiya kuchlari bayonotiga ko’ra, general yurak xastaligidan vafot etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG