Breaking News

Qirg'iziston: Suv ombori yonidagi yerlar Oʻzbekistonga berilmaydi


Qirg'iziston-Oʻzbekiston chegara muammolari davom etmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:00 0:00

“Kampirobod” suv omborining yaqinidagi yerlar Oʻzbekistonga berilmaydi. Bu haqda Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining yetakchisi Qamchibek Tashiyev bir necha kundan beri muddatsiz miting oʻtkazayotgan Oʻsh viloyatining Oʻzgan tumani aholisi bilan uchrashuv vaqtida bildirdi.

Uning aytishicha, Qirgʻiziston oʻtgan oy Toshkentda qoʻl qoʻyilgan, chegarani delimitatsiya va demarkatsiyalash toʻgʻrisidagi protokolning Kampirobod suv omboriga tegishli punktlarini oʻzgartirib, dastlabki holiga qaytaradi.

“Xalqning talabi biz uchun muhim. “Kampirobod”ni bermaymiz, dedinglarmi, bermaymiz, boʻldi!” — dedi Tashiyev.

Bunga qadar “Kampirobod” suv ombori yaqinidagi 50 gektar yerning Oʻzbekistonga berilishi boʻyicha hukumat qaroridan norozilar suv ombori atrofidagi yer hududlari boʻyicha Oʻzbekiston bilan tuzilgan protokol bekor qilinishini talab qilayotgan edi.

Yer almashish harakati shu yilning mart oyida Toshkentda oʻtgan chegarani delimitatsiyalash va demarkatsiyalash boʻyicha Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hukumatlararo komissiyasining yigʻinidan soʻng maʼlum boʻlgan.

Tashiyev Oʻzbekistonda 24-25-mart kunlari qabul qilingan protokolni parlament ratifikatsiya qilib, Prezident Sadir Japarov qoʻl qoʻysa, “ikki mamlakat chegarasida bahsli hududlar qolmaydi” deb aytgan edi.

20-apreldan boshlab, Oʻzgan tumanining suv omboriga yaqin qishloqlarda yashagan aholining 100 nafardan ortiq vakili Kampirobod yaqiniga boʻz uy tikib, toki Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining (MHDQ) yetakchisi Qamchibek Tashiyev ular bilan uchrashib, masalani hal qilish vaʼdasini bermaguncha bu yerdan ketmasliklarini bildirgan.

Bunday norozilik aksiyasi Qorasuv tumanidagi Intimoq qishlogʻida ham boʻlib oʻtgan. U yerga borgan MHDQ yetakchisi norozilar bilan suhbatlashib, muzokaralar uchun qayta Oʻzbekistonga borishga vaʼda bergan.

Maʼlumotga koʻra, joriy yilning 10-mayidan soʻng chegara boʻyicha soʻzlashuvlarni olib borish uchun Oʻzbekiston respublikasining vakillari Qirgʻizistonga kelishi kutilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ikki tomonlama soʻzlashuvlar Oʻsh shahrida oʻtadi.

Avvalroq Kun.uz sayti Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining vakili Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlar ishchi guruh faoliyati davomida tuzilgan loyihalar ekani va yakuniy kelishuvlar ikki davlat bosh vazirlari tomonidan tasdiqlangach eʼlon qilinadi deb bildirganini yozgan edi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG