Breaking News

Zelenskiy va Putin uchrashuviga tayyorgarlik ketmoqda


Bugunga kelib Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tahdidi bir qadar bosildi. Rossiya o’z qo’shinlarini Ukraina chegaralaridan uzoqlashtirdi. Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o’rtasida muzokaralar o’tkazilishi ehtimoli muhokama qilinmoqda.

Muzokaralarning asosiy mavzusi Rossiya tomonidan bosqin qilingan Qrim, Ukrainaning bo’lginchi hududlari Donbass va Luganskdagi vaziyat bo’lishi kutilmoqda.

Hozircha bu muzokaralarning qayerda, qachon o’tkazilishiga doir aniq ma’lumotlar yo’q, har ikki tomon muzokaralarga tayyorgarlik ketayotganligini ma’lum qilgan.

Ukraina-Rossiya munosabatlarida nimalar kutilmoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:53 0:00

Ammo kutilayotgan bu muzokaralardan qat’i nazar, ukrain jamoatchiligi, jumladan, Ukrainada yashayotgan qirim-tatarlar ham Rossiya tahdidi chekinishiga shubha bilan qarashadi.

Gap shundaki, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuv taklifiga javob bergan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bahsli hududlar masalasini tan olmagan respublika rahbarlarining o’zi bilan muzokara qilishga, Moskva esa Ukraina bilan ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, rus tili masalasini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.

Ukraina tomoni esa, xususan, mamlakat Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, tan olinmagan DNR va LNR rahbariyati va Kiyev o’rtasida muzokaralar bo’lishi mumkinligini keskin rad etdi. Bu Ukraina uchun qizil chiziq ekanligini ta’kidladi.

Xullas, ayni paytga kelib Putin va Zelenskiy o’rtasida muzokaralarga hozirlik bormoqda. Ukraina tomoni bu muzokaralarda urushni to’xtatish, ishg’ol ostidagi hududlarga doir masalani muhokama qilishga umid qilayotgan bo’lsa, Moskva rus tili va rus cherkovi bilan bog’liq Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilmoqchi.

Putin va Zelenskiy o’rtasida kutilayotgan muzokaralarda ishg’ol ostidagi Qrim masalasi orqa planda ko’rinadi.

Buni Ukrainada yashayotgan qrim-tatarlari ham yaxshi anglaydi. Ayniqsa, Ukrainada hokimiyat almashib, qrim-tatar liderlarining aksariyati amaldagi hukumat muxolifi sobiq prezident Poroshenko yetakchiligidagi siyosiy kuchlar tarkibid ekanligi inobatga olinsa.

Kiyevda yashayotgan qrim-tatar faollaridan biri Erfan Quddusga ko’ra, Ukrainada kim, qanday siyosiy kuch qudratda bo’lishidan qat’i nazar bu millatning asosiy maqsadi Qrimning Rossiya bosqinidan ozod bo’lishiga erishish. Ular xoh muxolifatda, xoh qudratdagi partiya safida bo’lsin Qrim ozodligi uchun kurashuvchi har qanday guruh bilan hamkorlikka tayyor.

Ukrainada hukumatda kim bo’lishidan qat’i nazar Kiyevning Qrimga, ishg’ol ostidagi boshqa hududlarga nisbatan siyosati o’zgarishsiz. Egallab olingan bu hududlar ozod bo’lishi kerak.

Ukraina bu masalani tabiiyki qurolli to’qnashuvlar evaziga emas, xalqaro hamjamiyat, jumladan, AQSh ko’magida ham yechishga umid qilmoqda. Qolaversa, shu hafta AQSh davlat kotibining rasmiy safar bilan Ukrainada bo’lishi, Prezident Zelenskiy bilan muzokaralar o’tkazishi kutilmoqda.

Xullas, Ukraina ishg’oldagi hududlarini ozod etish qarorida qat’iy. Buning uchun vaziyat ziddiyatlashgan taqdirda, Rossiya bilan qurolli to’qnashuvlarga ham tayyor ekanligini bildirgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG