Breaking News

XAMAS Quddusni nishonga olmoqda, Isroil esa G'azoni


Falastinda jangarilar G'azodan turib Isroilga o'q otmoqda, 10-may, 2021

Yaqin Sharq yanada notinch. 10-may kuni XAMAS Isroil bilan o'q almasha boshlagan. Yuzlab falastinliklar yaralangan. Al-Aqsa masjidi atrofida qon to'kilishda davom etmoqda.

HAMAS Isroildan masjiddan va boshqa islomiy maskanlardan o'z xavfsizlik kuchlarini olib chiqishni talab qilib, aks holda urush boshlanadi, degan shart qo'ygan edi.

Hujumlarda yahudiy tomondan qancha zarar ko'rilgani haqida hozircha ma'lumot yo'q. Isroil harbiylariga ko'ra, bugun XAMAS G'azodan yetti raketa otgan. Umuman olganda esa shu kunlarda Isroilga 30 dan ortiq raketa tushgan.

XAMAS bu hujumlarni "Isroilning jinoyat va agressiyasiga javob" deya ta'riflagan.

Al-Aqsa masjidiga borgan musulmonlar o'tgan ikki kun mobaynida yahudiy zobitlar bilan to'qnashganida 300 dan ziyod falastinlik jarohatlangan.

AQSh hukumati vaziyatdan xavotirda. Quddusda qator tadbirlar bekor qilingan.

Isroil ham G'azoni o'qqa tutmoqda, 10-may, 2021
Isroil ham G'azoni o'qqa tutmoqda, 10-may, 2021

Quddus sharqidan arablar ko'chiriladi degan xabarlar Falastin ahli va Isroil orasidagi ziddiyatlarni avj oldirgan.

Musulmonlar uchun muqaddas joylarda yahudiy harbiylarning turishi arablarni g'azabga keltiradi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu deydiki, ekstremistlarga toqat qilinmaydi va haloyiq tinchlanishi kerak.

Falastin rahbari Mahmud Abbos esa vaziyatning og'irlashishida Isroil hukumati aybdor. BMT Xavfsizlik kengashi masalani darhol muhokama qilsin, deya undamoqda u.

Kengash yopiq tarzda allaqachon bu mavzuni ko'rib chiqqan. BMT Isroilni Quddus sharqidan ko'chirmaslikka chaqirmoqda.

Oq uy ham shunday pozitsiyada. Amerika Falastin va Isroil kelishib olishini, uzoq muddatli tinchlik bitimi imzolanishini xohlaydi.

Isroil Quddusni o'z poytaxti deb hisoblaydi. Falastin ahli esa bu shaharning sharqini o'zining bo'lajak davlatining yuragi deb biladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG