Breaking News

Bayden elektromobil sanoatiga ko'proq mablag' ajratishga chaqirdi


Bayden: Kelajak elektromobillarniki
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

AQSh Prezidenti Jo Bayden Michigan shtatidagi elektromobil ishlab chiqaruvchi zavodga bordi. Baydenga ko’ra, raqobatda Xitoydan ortda qolmaslik uchun AQSh bu sohaga ko’proq e’tibor qaratishi lozim.

O’zini “avtomobil ishqibozi” deb atovchi Prezident Jo Bayden “Ford” kompaniyasi ishlab chiqarayotgan “F-150” elektromobiliga o’tirib, uni sinovdan o’tkazdi.

Bayden zavodni kezar ekan, AQSh kompaniyasi taqdim etgan eng so’nggi elektromobil modeli haqida batafsil ma’lumot oldi.

“Kelajak elektromobillarniki. Ortga yo’l yo’q”, - dedi u.

Prezident “Ford” zavodidagi chiqishida elektromobillar sanoatini rivojlantirish uchun soliq yengilliklari va boshqa imtiyozlardan iborat 174 mlrd. dollarlik loyihani Kongressdan o’tkazishga nega urinayotgani haqida gapirdi.

U Pekin bilan raqobat kuchayganiga alohida urg’u berdi. Xitoy hozir dunyoning eng ko’p elektromobil ishlab chiqaruvchi mamlakati va ayni paytda eng katta bozordir.

“Bugun Xitoy boshqa barcha davlatlarga qaraganda kattaroq ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Ular batareyalarni nafaqat Xitoyda, balki Germaniya va Meksikada ham ishlab chiqaryapti. Va elektromobillarni butun dunyoga ekspert qilishyapti, xususan, AQSh bozorini ko’zlashyapti. Ular g’olib chiqamiz, deb o’ylayapti. Bunga mening javobim bor. Bu poygada ular yutmaydi”, - dedi Bayden.

2028-yilga borib AQShda yillik ishlab chiqariladigan elektromobillar soni 1,4 millionga yetishi rejalangan. Xitoyda esa bu ko’rsatkich sakkiz milliondan oshishi aytilmoqda. Xitoyda bu sanoat tez rivojlanishi sabablaridan biri hukumat qo’llovining kuchli bo’lgani bilan bog’liq, deydi kuzatuvchilar.

“Savdo to’siqlarining pastligi ham Xitoy mahsulotlarini AQShga oson eksport qilish imkonini berdi. Mana shu ikki narsa, Baydenga ko’ra, Xitoyga adolatsiz ustunlik bermoqda. Avvalgi ma’muriyatlar kabi Bayden hukumati ham bu imtiyozlarni Xitoydan qaytarib olmoqchi”, - deydi Vanderbilt universiteti tadqiqotchisi Timoti Meyer.

Bayden ayni paytda avtosanoat ishchilarini elektromobillar ko’proq ish o’rinlari yaratishiga ishontirishga urinmoqda.

“Siyosiy jihatdan olganda, oddiy odamlarning 60-70 foizi bu tashabbusni qo’llayapti. Bu respublikachi ishchilarni ham, respublikachi rasmiylar hamda demokratlar va partiyasizlarni ham o’z ichiga oladi. Bu ishga katta siyosiy energiya tikilgan”, - deydi Berkli-Kaliforniya universiteti professori Xarli Sheyken.

Prezidentning elektromobillarni ko’paytirishga qaratilgan tashabbusi 2 trillion dollarlik infratuzilma loyihasining bir qismi. Bu qonun ayni paytda Kongress muhokamasidan o’tmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG