Breaking News

O'zbekiston-Tojikiston: Rog'un mavzusi chetlab o'tildi


Rog'un GESi quruvchilari joylashtirilgan hudud. Tojikiston, mart, 2019.
Rog'un GESi quruvchilari joylashtirilgan hudud. Tojikiston, mart, 2019.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga safari davomida tomonlar o’rtasida 30 dan oshiq qo’shma hujjatlar imzolandi. Ammo bu hujjatlar orasida O’zbekistonning Rog’un GESi qurilishida ishtirok etishiga doir bitim yo’q.

O’zbekiston va Tojikiston o’rtasidagi energetik hamkorlikka doir imzolangan shartnoma Zarafshon daryosida qo’shma gidrostansiyalar qurishni nazarda tutadi, Rog’un bo’yicha biror gap yo’q.

O’zbekiston Rog’un loyihasida ishtirok etadimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:47 0:00

Prezidentlar tomonidan imzolangan qo’shma bayonotda tomonlar mintaqadagi suv, energetika zahiralaridan o’zaro manfaatli foydalanishga, qo’shma loyihalarda ishtirok etishga tayyorligi bildiriladi. Ammo bu bayonot, aniq hamkorlikni nazarda tutuvchi bitim, shartnoma emas.

Xullas, bundan ikki yil muqaddam Tojikistonga davlat tashrifi bilan borgan Prezident Mirziyoyevning O’zbekiston Rog’un GESi qurilishida ishtirok etishga tayyorligi haqidagi bayonoti Tojikiston tomonidan inobatsiz qoldirilgan ko’rinadi.

Hozircha Rog’un O’zbekistonni suvsiz qoldirmasligiga doir yagona asos Prezident Emomali Rahmonning va’dasi bo’lib qolmoqda. Rahmon O’zbekistonga qilgan safari davomida Tojikiston o’z qo’shnilarini suvsiz qoldirmasligi haqida bayonot qilgan edi.

Marhum Islom Karimovning keskin qarshiligi bois qurilishi mavhum qolgan Rog’un GESi uning o’limi ortidan mana to’rt yildirki jadal suratlar bilan davom etmoqda. Tojikiston O’zbekistonning yangi rahbari Mirziyoyevdan bu borada rozilik olishni lozim topmadi. Karimov hokimiyati qular ekan, Rahmonning shaxsan o’zi Rog’un qurilishini tantana bilan boshlab berdi.

Prezident Mirziyoyevning Tojikistonga qilgan ikkinchi rasmiy safari natijasiga qaralsa ham Rog’un qurilishini sukut bilan qarshilagan O’zbekistonning bu loyihada ishtirok etish rejasi ham hamon mavhum qolayotgani ko’rinadi.

Mirziyoyevning Tojikiston safarini sharhlagan siyosatshunoslar suv zahirasi va Rog’un masalasida ikki o’rtada aniq, tafsilotli bitim zarurligini ta’kidlamoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG