Breaking News

Sobiq prezidentning kompaniyasi moliyaviy jinoyatlarda ayblanmoqda


Tramp, jinoiy ish va bo'lajak saylovlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

Donald Tramp va uning doirasidagi odamlarga qarshi bosim kuchaymoqda. Trampning kompaniyasiga qarshi moliyaviy firibgarlik gumoni bilan jinoiy ish ochilgan. Biroq sobiq prezidentning respublikachilar orasida reytingi hamon baland.

AQShda sobiq prezidentlar aksar hollarda jamoatchilik e’tiboridan chetda. Ba’zida ularning ta’tildagi suratlari paydo bo’ladi, birgalikda biror tashabbus boshlayotgani e’lon qilinadi.

Donald Tramp esa boshqacha. U hanuz yig’inlar o’tkazib, Prezident Baydenni tanqid qilmoqda, saylov adolatsiz o’tganini da’vo qilmoqda.

Yaqinda Texasda konservativ siyosatchilar va faollar yig’ini (CPAC) bo’lib o’tdi. 2024-yilda prezidentlikka respublikachilardan kim nomzod bo’lsin degan norasmiy so’rovda Tramp 70 foiz ovoz oldi.

“Respublikachi prezident Oq uyga g’alaba bilan qaytadi. U kim bo’lishini bilasizmi?”, - deya jar soldi Tramp yig’inda.

Tramp yana prezidentlikka harakat qiladimi? Bu 2022-yilgi oraliq saylovda u quvvatlagan nomzodlar g’olib bo’la olishiga bog’liq.

“Respublikachilar orasida uni qo’llaydiganlar hamon ko’pchilik. Shuning uchun partiya ichida Trampning nufuzi baland. U saylovda yuta oladi degani emas, lekin ichki partiyaviy saylovlarda ustun kelishi mumkin. Prezidentlikka yana nomzodi qo’yilsa, respublikachilar yutqazishi ham hech gap emas, chunki Trampda bagaj ko’p. Ammo nomzodlikni qo’lga kiritishi mumkin. Shu bois respublikachi siyosatchilar unga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Ular orasida Trampga qarshi chiqayotganlar oz”, - deydi tarixchi Tomas Shvarts.

Qarshi chiqish esa qimmatga tushadi. May oyida Vakillar palatasidagi respublikachilar Liz Cheynini rahbarlik lavozimidan olib tashladi. Cheyni Trampni Bayden saylovda g’irromlik orqali yutgani haqidagi asossiz da’volari uchun tanqid qilgan edi. Bunday yolg’onlar Kapitoliydagi hujumga sabab bo’lgan.

“Sobiq prezidentning o’ta xavfli yolg’onlariga berilmaslik kerak”, - deydi Cheyni.

Bu orada, Trampning bizneslari tekshiruv ostida. Uning kompaniyasiga qarshi firibgarlik va boshqa moliyaviy jinoyatlar gumoni bilan jinoiy ish ochilgan. Trampning advokatiga ko’ra, bu jarayonlar siyosiy tusga ega.

“244 yil ichida biror mahalliy prokuror AQShning sobiq prezidenti, uning qo’lida ishlaydigan odamlar yoki kompaniyasiga qarshi ish ochgan emas. Bu juda muhim o’zgarish”, - deydi advokat Alan Futerfas.

Kapitoliy bosqini yuzasidan tekshiruvlar ham davom etyapti. Yaqinda chiqqan kitobga ko’ra, harbiy rahbarlar Tramp yutqazganidan so’ng davlat to’ntarishi sodir etadi deya xavotirga tushib, buni bartraf etish yo’llarini qidirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG