Breaking News

AQSh: Ikki partiya o’rtasida adovat, nafrat kuchayib borayapti


AQSh: Ikki partiya orasida adovat kuchayib bormoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:10 0:00

Turli davlatlar qonunchilik organlarida siyosiy bahslar to’polonga aylanib ketgani, qonunchilar hatto bir-biriga hujum qilgan holatlarni ko’rganmiz. AQSh Kongressida ham shunday voqealar ro’y beradimi? So’nggi bir necha yildan buyon ikki yirik partiya o’rtasidagi jarlik kengayib bormoqda.

Yanvar oyida Kapitoliyga hujum ketidan ikki yirik partiya o’rtasidagi kelishmovchiliklar yanada avj oldi. Buni siyosiy maydonning qarama-qarshi tarafida turgan ikki qonunchi misolida ko’rish mumkin.

Respublikachi Marjori Teylor Grin janubdagi Jorjiya shtatidan 2020-yilda Kongressga saylangan. Demokrat Aleksandriya Okasio-Kortez esa 2018-yilda Nyu-Yorkdan saylangan.

Marjori Teylor Grin konspiratsion nazariyalarni targ’ib qilishi, jumladan AQShdagi maktablarda ro’y bergan ommaviy otishmalarni soxta deya rad etishi bilan tanilgan. Shunday bayonotlari bois Grin Vakillar palatasining ikki qo’mitasida a’zolikdan mahrum etildi.
Marjori Teylor Grin konspiratsion nazariyalarni targ’ib qilishi, jumladan AQShdagi maktablarda ro’y bergan ommaviy otishmalarni soxta deya rad etishi bilan tanilgan. Shunday bayonotlari bois Grin Vakillar palatasining ikki qo’mitasida a’zolikdan mahrum etildi.

Xabarlarga qaraganda, Vakillar palatasi binosidan chiqib ketayotganda Teylor Grin Okasio-Kortezga yuzlanib, “siz radikal sotsialistik” qarashlaringizni asoslab bering, deya to’polon ko’targan.

Demokrat qonunchi Grinning gap-so’zlariga javob bermasdan o’z yo’lida davom etgan.

“Qandaydir video olayotgan edi. Bu ayol ruhan nosog’lom, unga yordam kerak”, - deydi Okasio-Kortez.

“Hujumlar va agressiv xatti-harakatlar haqida gap ketganda, demokratlarga savol bering. Okasio-Kortez qarashlari xususida men bilan bahslashsin”, - deydi Grin.

AQSh Kongressidagi bahslar, deylik, Britaniya parlamentidagi kabi emas. Kongressda mushtlashuv ham ro’y bermagan. Hozircha.

“Adovat, kelishmovchilik, boshqa taraf o’zini madaniyatsiz tutsa nima qilish – bular hammasi demokratiyaning bir qismi”, - deydi Robert Taliss, Vanderbilt universiteti professori.

Aleksandriya Okasio-Kortez o’zini sotsialist demokrat deya ta’riflaydi. Demokratik partiyaning progressiv qanotidan. Respublikachilar tomonidan va konservativ telekanallarda eng ko’p tanqidga uchraydigan qonunchilardan.
Aleksandriya Okasio-Kortez o’zini sotsialist demokrat deya ta’riflaydi. Demokratik partiyaning progressiv qanotidan. Respublikachilar tomonidan va konservativ telekanallarda eng ko’p tanqidga uchraydigan qonunchilardan.

U “Demokratiyani oshirib yuborish” nomli kitob yozgan. Talissning aytishicha, amerikaliklarning siyosat haqidagi fikr-qarashlari 1980-yillardan buyon deyarli o’zgarmagan.

“Oxirgi 20-25 yilda o’zgargan narsa shuki, partiyalararo adovat kuchaydi. Qarshi tarafni umuman yoqtirmaydigan bo’lib qoldik. Biz tanlagan nomzodga ovoz bermaydiganlarni begona, ishonchsiz deb bilamiz”, - deydi u.

“Qo’pollik siz raqibingizni hurmat qilmasligingizni ko’rsatadi. Bu bilan “seni o’zimga teng ko’rmayman”, “senga quloq tutishim shart emas” deb ishora qilayapsiz”, - deydi Mona Lina Kruk.

Kruk Ratgers universitetida siyosatshunoslikdan dars beradi. “Siyosatda ayollarga nisbatan zo’ravonlik” nomli kitob yozgan. Ayollar siyosatda yuzlashadigan qo’pollik boshqacha, deydi u.

“Saylangan rahbarlar jamoatchilik tomonidan, raqiblari tomonidan qarshilikka duch kelishi turgan gap. Ammo ayollar haqida gap ketganda, ular ba’zida shaxsga asoslangan yoki biror mavzu yuzasidan zo’ravonlikka uchraydi”, - deydi Kruk.

Ikki qonunchi o’rtasidagi voqeachi?

“Marjori Teylor Grin aynan Okasio-Kortezni nishonga olgan. Shuningdek, u bilan hamfikr boshqa qonunchilarni. Masalan, Ilhan Umar, Rashiba Tolib, Ayanna Preslini. Hammasi oq bo’lmagan ayollar. Qizig’i, bu qonunchilar Kongressdagi yoki Demokratik partiyasidagi eng qudratli shaxslar emas”, - deydi professor Kruk.

Achchiq so’zlar aslida saylovchilarga qaratilgan.

“Saylovda g’alaba qozonish uchun siz o’z tarafdorlaringizdan o’zini fuqarodek tutishni, ovoz berishni, pul berishni so’raysiz. Ular haqida ma’lumot to’playsiz. Lekin buni qarangki, adovat, g’azab, nafrat siyosiy xulqni shakllantirishning kuchli motivatori ekan”, - deydi Taliss.

Kongress a’zolari Teylor Grin va Okasio-Kortez o’rtasida yuz bergan voqeani palataning etika bo’yicha qo’mitasi ko’rib chiqmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG