Breaking News

AQSh Senatida 1,2 trillion dollarlik infratuzilma loyihasi muhokamada


Senatdagi demokratlar sardori Chak Shumer (markazda) jurnalistlar bilan uchrashmoqda, Vashington, 2021-yil, 24-iyun.

Amerika iqtisodiyoti asoslarini yaxshilash uchun mo’ljallangan 1,2 trillion dollarlik infratuzilma loyihasi AQSh Senatida ovozga qo’yish uchun hozirlanmoqda.

Ogayolik respublikachi senator Rob Portmenning aytishicha, ushbu qonun ikki partiya vakillari til topisha olishi mumkin bo’lgan kamdan kam imkoniyatlardan biridir.

“Bu mamlakat uchun qilish lozim bo’lgan to’g’ri ish. Ayni paytda u ikki partiyani murosaga boshlaydigan ishlardan biri. Bunday ishlarni ko’proq qilishimiz kerak”, - dedi senator.

Demokratlar tomonidan olg’a surilgan bu loyihaning ovozdan o’tish ehtimoli hali mavhum. U qabul qilinishi uchun kamida 60 ta ovoz kerak; bunga erishish uchun esa bir necha respublikaching qo’llovi ham kerak bo’ladi.

Ba’zilar bu qonunning qabul qilinishini bog’cha puli, ta’lim va iqlim o’zgarishi kabi gumanitar yo’nalishlarga ajratiladigan alohida 3,5 trillion dollarlik loyihaga bog’lab qo’yishni talab qilmoqda.

Vakillar palatasi Spikeri Nensi Pelosi 3,5 trillion dollarlik loyiha Senatdan o’tgan taqdirdagina 1,2 trillion dollarlik infratuzilma loyihasi quyi palatada ovozga qo’yilishini bildirdi.

“Prezident har ikki partiya ishtirokidagi qonun bo’lishini xohlayapti. Hammamiz shuni xohlaymiz. Lekin prezident maqsadi aslida bundan kengroq. U yaxshiroq kelajak qurish uchun mamlakatimiz faorovonligi ishiga ko’proq odamlarni jalb qilish niyatida”, - dedi Pelosi.

AQSh infratuzilma sifati bo’yicha boshqa ko’plab rivojlangan davlatlardan ortda qolgani aytiladi. So’nggi loyiha Kongressdagi har ikki partiya vakillari, xususan, Prezident Jo Bayden uchun qarshi tomon bilan qanchalik murosa qila olishini ko’rsatadigan muhim sinov bo’lishi kutilyapti.

Xalqaro hayot - 26-iyul, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:51 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG