Breaking News

Demokratlar hujjatsiz immigrantlarga rezident maqomini bermoqchi


Immigratsiya sudiga kelgan muhojir oila. Los-Anjeles, Kaliforniya, 30-may, 2019.

AQSh Senatida demokratlar millionlab hujjatsiz immigrantlarga legal status taqdim etishga urinmoqda. Uzoq yillik tanaffus ortidan immigratsiya yo’nalishida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan ehtimoliy islohot uchun yirik miqdorda mablag’ ajratilishi kerak.

Agar bu choralar qonunga aylansa, Amerikada immigratsiya muhiti katta o’zgarishlarga yuz tutadi. Bunday bosqich mazkur yo’nalishda prezident Ronald Reygan davridan buyon amalga oshirilgan ilk jiddiy islohot sifatida tarixga kirishi mumkin. Shuningdek, Jo Bayden prezidentlik saylovi oldidan bergan va’daning bajarilishi uchun zamin yaraladi.

Senat demokratlari 9-avgust kuni oktabr oyidan boshlanadigan 2022-moliyaviy yil uchun taklif etilayotgan federal byudjet rezolyutsiyasini taqdim qildi.

Unda ikki muhim masala qayd etilgan: “saralangan immigrantlarga qonuniy doimiy resident maqomini berish” hamda “aqlli va samarali chegara xavfsizligi choralarini joriy qilish uchun sarmoya ajratish”.

Rezolyutsiya bo’yicha boshqa dalillar oshkor etilmagan. Demokratlar uzoq vaqtdan buyon Amerikada yashab turgan qariyb 12 million hujjatsiz immigrantlarning katta qismiga doimiy rezident maqomini berish uchun kurashib keladi. Bunday status AQSh fuqaroligiga erishish uchun yo’l ochadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG