Breaking News

"Asalarichilikning Qirg'iziston iqtisodi uchun katta ahamiyati bor"


Qirg’izistonda asalarichilik biznesi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00

Qirg‘izistonda asalari parvarishi va asal yetishtirishga bo‘lgan qiziqish so‘nggi vaqtda ortib bormoqda.

Mamlakatda yiliga 10-12 ming tonna asal yetishtiriladi, shuning yarmi Jalolobod viloyatiga to‘g‘ri keladi.

Viloyatning Olabuqa tumanida asalarichilik bilan shug‘ullanuvchi Soyibjon Rahmonaliyev bu hunarni otasidan o‘rgangan. Otam esa o‘z otasidan meros olgan, deydi u.

Uning aytishicha, Qirg‘iziston iqlimi va tabiati asalarichilik uchun juda qulay. Ammo Markaziy Osiyo davlatlarining hozirgi vaqtda asalarichilik sohasida Yevropa va AQShdan o‘rganishi kerak bo‘lgan jihatlari ko‘p.

Yevropa olimlari asal va yovvoyi arilar har yili dunyo iqtisodiga 150 milliard dollarga yaqin daromad olib kelishini hisoblagani bo‘yicha maqolalar e'lon qilingan.

Arilar changlatgan o‘simliklarning o‘zidangina Qo‘shma Shtatlarga yiliga 24 milliard dollar tushadi.

Suhbatdoshga ko‘ra, asalarichilik Qirg‘iziston iqtisodi uchun ham katta ahamiyatga ega. Ammo hozircha bu sohani qishloq xo‘jaligi va iqtisoddagi foydasini ortirish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayapti.

Mahsulotlarni xorijga eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Maqsat Imaqovning “Ozodlik” radiosining Qirg‘iz xizmatiga aytishicha, Qirg‘izistonda yetishtirilgan asal mahsulotiga talab asosan arab davlatlaridan bo‘ladi.

“Ammo Qirg‘izistonda maxsus laboratoriyaning yo‘qligi asal kabi mahsulotlarimizni chet elga eksport qilishimizda ko‘p muammolarni tug‘dirmoqda”, - deydi tadbirkor.

Soyibjon Rahmonaliyev kelajakda asalari parvarishi ortidan birgina asal emas, asal suti kabi boshqa foydali hamda qimmatbaho mahsulotlarni ham tayyorlashni maqsad qilmoqda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG