Breaking News

Asalarilarni ko'paytirishga bel bog'lagan havaskorlar


Asalarilar kamayib ketyapti. Aniq sababini hech kim bilmaydi. Entomolog olimlar bu jumboq ustida bosh qotiryapti. Indiana shtati, Fort Veyn shahrida havas uchun asalari boqayotganlar foydali hasharot sonini ko’paytirishga hissa qo’shmoqda.

Yegan ovqatimizning uchdan bir qismiga asalarilar sababchi. Aynan shu bois Megan Rayan asalarichilikni rivojlantirishga bel bog’lagan. Shu yil boshida Soutvest qo’riqxona klubini tashkil etdi.

“Italiyan asalarilari deyishadi bularni,” - deydi u.

Italiyan asalarisi eng ko’p uchraydi, chunki boshqalariga qaraganda ancha tez ko’payadi. To’rt oy ichida asalari bog’ida, har bir uyada hasharotlar soni 10 mingdan 70 mingga ko’paydi.

Asalari boquvchi Aleks Kornuell uchun bu xush xabar, chunki so’nggi 10 yilda Amerika va Yevropada asalarilar soni 25 foizga kamaygan.

“Asalarilarning yoppasiga qirilishiga nima sabab bo’lishi noma’lum. Pestitsidlar, kanalar yoki patogenlar turtki bo’lishi mumkin,” - deydi Kornuell.

Sabablarni aniqlashga qaratilgan urinishlar davom etar ekan, klub asalarilarni ko’paytirmoqda. Bu yerda ma’lumot ham beriladi. Rayan va Kornuell har safar asalarilar kayfiyatidan tortib, uyadagi sharoit va ona-asalari qanday tuxum qo’yishini kuzatadi va hujjatlab boradi.

“So’ngra bu ma’lumotni Tabiiy boyliklar departamentiga topshiramiz, boshqa asalari boquvchilariga ham ulashamiz. Kim qiziqsa, ular bilan o’rtoqlashamiz,” - tushuntiradi Kornuell.

Rayan va Kornuellning ixlosi boshqalarga ham o’tayapti. Ular jamoatchilikka asalarichilik haqida eslatishga, o’qitishga va bu bilan asalari boqishga ko’proq odamni qiziqtirishga erishmoqda.

“O’rganish juda oson. Asalari haqida bilim berish uchun olim bo’lish shart emas. Ishimizning eng zo’ri ham shunda. Har bir odam shug’ullana oladi,” - deydi Rayan.

Shu kungacha 100 dan ortiq odam qiziqish bildirdi. Rayan va Kornuell migrant ishchilarni ham jalb etmoqchi. Bu holda ular qayerda yashamasin qo’lida hunari bo’ladi.

Indiana shtati: Asalari xo'jaligida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG