Breaking News

Kanadaning eng kichik provinsiyasi muhojirlarni jalb qilmoqda


Muhojirlarni jalb qilayotgan sokin orol
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:06 0:00

Prins Edvard oroli – Kanadaning eng kichik provinsiyasi. So’nggi yillarda bu joy dunyoning turli burchaklaridan muhojirlarni jalb qilmoqda.

Bu yerdagi hayot yozuvchi Lyusi Montgomerining bolalar uchun yozgan, o’nlab tillarga tarjima qilingan 1908-yilgi romanida tasvirlab berilgan.

Prins Edvard orolida tug’ilish sur’ati past. Mahalliy aholi Kanadaning boshqa qismlariga ko’chishi ham bunga hissa qo’shmoqda.

“Taxminan 2015-2016 yillarda bu provinsiyani yosh ishchilar tark eta boshladi”, - deydi vyetnamlik talaba Tin Nuyen.

“Keksalar ko’p, tug’ilish sur’ati esa past”, - deydi Kreyg Maki, immigrant va qochqinlarga xizmat ko’rsatish uyushmasi vakili.

2017-yildan buyon Prins Edvard orolida tug’ilish o’lim sur’atidan ortda. Yoshlar provinsiyani tark etgan sari mahalliy hukumat mehnat bozoridagi tanqislikni muhojirlarni jalb qilish orqali to’ldira boshlagan.

“Ishchi kuchini chetdan qidirayotgan qator sanoatlarimiz bor. Turizm, mehmonxonalar, qishloq xo’jaligi va suv xo’jaligidan tortib yangi sanoatlargacha”, - deydi immigratsiya idorasi vakili Jeff Yang.

Provinsiya xalqaro miqyosda mehnat yarmarkalari o’tkazadi, xorijiy talabalarni jalb qilish bo’yicha ishlarni ham olib boradi. Bu sa’y-harakatlar natijasida orol Kanadada aholi o’sishi bo’yicha birinchi o’ringa chiqib olgan. Oxirgi 5 yilda aholi qariyb 12 foizga o’sgan.

“Aholi sonini oshirish, iqtisodiy o’sish va madaniy xilma-xillik nuqtai nazaridan immigratsiyaga ijobiy omil deb qaraymiz”, - deydi Jeff Yang.

“Orolimizga ko’chib kelayotganlar va talabalar asosan Hindiston, Filippin, Xitoy, Vyetnam, Nigeriya, Meksika va Yamaykadan. Pandemiyadan xoli yilda o’rtacha 2000 kishini qabul qilamiz, dunyoning 70 mamlakatidan”, - deydi Kreyg Maki.

Nafaqat immigratsiya osonligi, balki orolning o’ziga xos turmush tarzi ham jalb qiladi.

“Menga an’anaviy hayot tarzi juda yoqadi. Ba’zilar zerikarli deyishi mumkin, lekin bizga juda ma’qul”, - deydi xitoylik immigrant Shao Mey Vang.

“Kelishimdan oldin bu joy haqida eshitmagan edim, lekin kelib hech afsuslanmadim”, - deydi talaba Lan Ha.

Rasmiylarga ko’ra, provinsiya barqaror iqtisodiy o’sishi va mehmondo’st aholisi bilan muhojirlarni jalb qilishda davom etadi. Kanadaning eng kichik bu provinsiyasiga sifatli ta’lim va sokin hayot izlab kelayotganlar ko’p.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG