Breaking News

Jeyms Vebb teleskopi yozda ishga tushishi kutilmoqda


Fazo yangiliklari: Vebb teleskopi, galaktikalar, kosmik stansiya
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:28 0:00

AQSh Fazo agentligi NASA navbatdagi yutuqni nishonlamoqda. Dekabrda uchirilgan yangi Jeyms Vebb teleskopining 6,5 metrli asosiy oynalari ochildi.

“Ulkan oynalar xiraroq obyektlardan ko’proq yorug’lik to’plashga imkon beradi. Bu nur bizga yetib kelguncha milliardlab yil vaqt o’tgan. Katta portlashdan taxminan 200 million yil o’tgandan keyingi manzarani ko’rish imkoni bor”, - deydi astronom Mishel Toller.

Olima ilk galaktiralar paydo bo’lgan davrga ishora qilmoqda. Teleskopning barcha funksiyalari Yerda sinovdan o’tgan, kosmosda hammasi bexato ishlashi ulkan yutuqdir.

“Hayajonmasdan iloj yo’q. Qurilma ishga tushishi uchun har bir bosqichdan muvaffaqiyatli o’tayapti. Bu loyiha ustida ishlagan jamoaga tasanno”, - deydi NASA Ilmiy uyushmasi rahbari Tomas Zurbuken.

Shu hafta ochilgan oynalar tilla bilan qoplangan 18 ta segmentdan iborat. Yagona tizim bo’lib ishlashi, galaktikalarni qidira boshlashi uchun ularni sozlash lozim. Vebb teleskopi ikki haftadan so’ng manziliga, ikkinchi Lagranj nuqtasiga yetib boradi. Yozda ishga tushishi mo’ljallangan.

Yana bir yangilik… AQSh Xalqaro kosmik stansiya dasturlarida ishtirokini 2030-yilgacha uzaytirmoqda. Kosmik laboratoriyani AQSh Rossiya, Yaponiya, Kanada va Yevropa bilan birga yuritadi.

Stansiya faoliyatini shu o’n yillikda tugatish rejalangan edi. O’tgan yili NASA yangi laboratoriya qurish uchun 415 million dollarlik shartnomalar imzolagan.

Bu orada, AQShda mamlakat hayotida chuqur iz qoldirgan ayollarning surati tushirilgan tangalar chiqa boshladi. Loyiha to’rt yilga mo’ljallangan. 2025-yilgacha jami 20 xil dizayndagi tangalar muomalaga kiritiladi. Ular orasida kosmosga chiqqan birinchi amerikalik ayol Selli Rayd ham bor.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa 2016-yilgi bir video qayta paydo bo’ldi. O’shanda hozirgi senator, sobiq astronavt Mark Kelli fazodagi egizak ukasiga sovg’a sifatida gorilla kostyumini jo’natgan.

Uni kiyib olgan Skott Kelli stansiyada hamkasbini quvayotganini millionlab odamlar qayta tomosha qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG