Breaking News

Kiyev aholisi hal qiluvchi janglar yaqinlashayotgani haqida ogohlantirildi


Tankka qarshi to'siqlar, Kiyev
Tankka qarshi to'siqlar, Kiyev

Rossiya Ukrainaning Zaporojye shahridagi atom elektrostansiyasi ustidan nazorat o’rnatdi. Prezident Volodimir Zelenskiy bu hujumni Ukrainani, butun Yevropani yo’q qilishi mumkin bo’lgan terror deya atamoqda. U Rossiya xalqiga Chernobil halokatini unutmaslikni, Moskvani to’xtatishni so’rab murojaat qildi.

Rus qo’shinlari Ukraina bo’ylab, Kiyev tomon siljishda davom etmoqda, ammo avvalgidek shiddat bilan emas. Kiyev hokimi Vitaliy Klichko aholini shahar uchun hal qiluvchi jang yaqinlashayotganidan ogohlantirdi.

Zelenskiy dunyoga Chernobil fojiasini eslatdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:13 0:00

Shahar aholisi orasida kuchli vahima, tahlika kuzatilmaydi. Odamlar shahar hokimi ta’kidlayotgan hal qiluvchi janglarni bir necha kundan buyon kutishmoqda.

Kiyevda himoya istehkomlari yanada ko’paygan, harbiylardan tashqari hududiy mudofaa kuchlari ham tunu-kun navbatchilikka tashlangan.

Urushning to’qqizinchi kuniga kelib havo hujumidan, raketalar zarbasidan ogohlantiruvchi sirenalar deyarli ko’nikmaga aylandi. Aholi bu signallarni eshitishi bilanoq dastlabki kunlardagi kabi yerosti binolariga, himoya istehkomlariga qochayotgani yo’q.

Ukraina va Rossiya delegatsiyalarining Belarusda o’tgan navbatdagi muzokaralaridan jiddiy natija yo’q. Ukraina tomoni asosan insonparvarlik yordami, aholi evakuatsiyasini uyushtirish bo’yicha kelishuvga erishilganini, muzokaralar davom etishini ma’lum qildi.

Ukraina prezidenti ofisi muzokaralarda Rossiya talablari bir qadar susaygani, asosiy diqqat mamlakatning neytrallik maqomi yuzasidan borayotganini qo’shimcha qilgan.

Ukraina hukumati viloyatlar, shuningdek, Kiyev yaqinidagi bir qator shaharlarda gumanitar inqiroz yuzaga kelayotganidan ogohlantirimoqda. Ayrim shaharlarda elektr, gaz, aloqa, ichimlik suvi, iste’mol mahsulotlari bilan bog’liq muammolar vujudga kelgan.

Qamalda qolayotgan poytaxt Kiyevda hozircha bunday muammolar keng miqyosda emas, ammo strategik binolar bo’ylab raketa zarbalari kamaymagan. Ularning aksariyati mudofaa kuchlari tomonidan havoda urib tushirilmoqda.

Shahar hokimligi aholini tahlikaga tushmaslikka chaqirmoqda, poytaxt mudofaasi mustahkam ekanini bildirmoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG