Vashington shahridagi “Sitar Arts” markazi turli yoshdagi bolalar uchun xilma-xil mashg’ulotlar taklif etadi. Musiqiy cholg’u asboblari, raqs to’garaklaridan tortib, rassomchilik, raqamli san'at kabi to’garaklargacha.
Markaz 2000-yilda Ronda Bakli ismli ayol tomonidan tashkil etilgan.
Poytaxtning qoq markazida joylashgan maktabning 80 foiz o’quvchilari kam ta’minlangan oila farzandlari. O’rtacha daromaddan 60 foiz kam pul topadigan oilalar farzandlari. Boshqacha aytganda, nochor oilalarga imtiyozlar beradi.
“To’lov shkalasi oila a’zolari soni, daromad miqdoriga qarab farqlanadi. Hech qaysi oilani qaytarib yubormaymiz, umuman to’lay olmasa ham. O’rniga boshqa imkoniyatlar beramiz, jamoat xizmatiga qo’yamiz. Shunday to’lashlari uchun”, - deydi Tompson.
Lora va Lorena ismli opa-singillar markazdagi bir qancha to’garaklarga keladi.
“Rol ijro etish menga yordam beryapti, nazarimda, chunki ijro etayotganingizda ovozimiz aniq-tiniq chiqishi kerak. G’uldirab gapirish mumkin emas, maktabda odamlar bilan muomalada bo’lishni o’rgatadi. Maktabda yaxshi prezentatsiya qila olaman”, - deydi Lorena.
“SEALS” to’garagi menga yordam berdi. Kommunikatsiyani o’rganamiz, bu hayotda muhim. Odamlar bilan ko’p muloqot qila boshladim. O’zimni yetakchi sifatida his qilaman”, - deydi Lora.
“SEALS” - yoshlarda o’ziga bo’lgan ishonchni oshirishga qaratilgan dastur.
Pandemiya vaqtida yuzma-yuz darslar qisqartirildi. Onlayn darslarni imkon qadar interaktiv va qiziqarli o’tishga harakat qilishadi.
“Ijodiy oshpazlik deb atalgan to’agaraklar bor, kattaroq bolalarga. Shuningdek, oilaviy oziq-ovqat bezatish to’garagimiz ham bor, bolalar bilan birgalikda qilishadi”, - deydi markaz xodimi Naomi Koen.
20 yildan beri ishlab kelayotgan markaz jamiyatdagi barcha bolalar ana shunday ijodiy mashg’ulotlar orqali birday unib-o’sishini, rivojlanishini istaydi.
Facebook Forum