O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29-mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an rafiqasi bilan birga Toshkentga tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmonlarni Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi.
Turkiya yetakchisi O'zbekiston prezidenti hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Mehmonga majmuada aks ettirilgan tarix va mazmun haqida so‘zlab berildi.
Bu xorijiy davlat rahbari tashrifi chog‘ida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilgan birinchi shunday marosim bo‘ldi va kelgusida an’anaga aylanadi.

Facebook Forum