Breaking News

AQSh "Katta Yigirmalik" sammiti kun tartibiga Ukraina masalasini kiritmoqchi


Noyabrda bo'ladigan "Katta Yigirmalik" anjumanining mezboni - Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo
Noyabrda bo'ladigan "Katta Yigirmalik" anjumanining mezboni - Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo

Indoneziya noyabr oyida “Katta Yigirmalik” sammitiga mezbonlik qilishga hozirlanayotgan bir paytda Bayden ma’muriyati anjuman kun tartibiga o’z takliflarini bermoqchi. AQSh Rossiya urushining xalqaro iqtisodiyotga ta’siri va Ukrainani qayta qurish masalalariga urg’u bermoqchi.

Xalqaro hayot - 15-aprel, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:09 0:00

AQSh prezidenti Rossiyani guruhdan chiqarishga chaqirgan.

"Global hamjamiyatga ta’sir qiluvchi voqealar bo’lib turadi. Ukrainadagi urush, Rossiyaning Ukrainani bosib olishi xalqaro forumlar diqqat markazida bo’ladi. Ukrainaning iqtisodiy tiklanishi va uni qayta qurishda global hamjamiyat ishtirok etishi kerak bo’ladi”, - deydi Oq uy matbuot kotibasi Jennifer Psaki.

“Katta Yigirmalik” sammiti Bali orolida o’tkaziladi. Unga mezbonlik qiluvchi Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo esa anjumanda boshqa masalalarni ko’tarmoqchi.

"Prezident Vidodo rivojlanayotgan mamlakatlar vakili sifatida pandemiyadan tiklanishga urg’u bermoqchi. Yoqilg’i inqirozi, asosiy mahsulotlar narxi kabi mavzularni ko’tarib”, - deydi jakartalik tahlilchi Dinna Prapto Raharja.

Rossiya 2014-yilda Qrimni o’ziga qo’shib olishi ketidan yetakchi sanoatlashgan mamlakatlarning “Katta Sakkizlik” guruhidan haydalgan edi, biroq “Katta Yigirmalik”da a’zolikdan chiqarish qoidasi yo’q, guruh Rossiyani yakkalashga harakat qilayotgan G’arb ta’siri va nazoratida emas.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kuzgi sammitda qatnashish niyatini bildirgan.

"Prezident Bayden, Kanada bosh vaziri, Yevropa rahbarlarining ba’zilari Putin bilan bir xonada bo’lishni istamaydi. Bu esa Jakartani qiyin ahvolga solib qo’yadi. Mezbon Putinni deb 5-6 ta mamlakatning sammitda qatnashmasligiga tayyormi?”, - deydi Vashingtondagi Strategik va xalqaro izlanishlar markazidan Gregori Poling.

Indoneziyaning BMTdagi sobiq elchisi Dian Triansyax Djanining “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Indoneziya tashkilotga a’zo mamlakatlar fikrlariga quloq solgan holda “Katta Yigirmalik”ning iqtisodiy hamkorlik forumi sifatidagi rolini saqlab qolishga harakat qiladi.

Yaqin kunlarda Kiyevga AQShning yuqori lavozimli rasmiysi borishi mumkin. Baydenning o’zi Ukrainaga tashrif buyurishi mumkinligi haqida gapirgan edi, biroq Oq uydagi ayrim manbalarning bildirishicha, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin yoki Davlat kotibi Entoni Blinkenning safar qilishi haqiqatga yaqinroq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG