Breaking News

AQSh-O'zbekiston: Ukrainadagi urush - Toshkentdagi uchrashuvlarda asosiy mavzulardan biri


Amerika delegatsiyasi O'zbekiston Davlat xavfsizligi kengashi rais o'rinbosari Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvda, Toshkent, 24-may, 2022

AQSh Davlat kotibi muovini Donald Lu deydiki, O'zbekiston taraqqiyoti Ukrainadagi mojaro sabab sustlashmasligi uchun uning davlati qo'ldan kelgancha yordam beradi.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Donald Lu bu hafta mintaqada. Kecha Bishkekda Qirg'iziston rasmiylari va jamoatchiligi bilan muloqot qilgan Lu boshchiligidagi delegatsiya bugun Toshkentda bo'ldi.

Vashingtondan kelgan guruh tarkibida Amerikaning Markaziy Osiyo bilan ishlaydigan yetakchi rasmiylari, jumladan Oq uy Miliy xavfsizlik kengashidan Erik Grin, Pentagondan Rebekka Zimmerman, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligidan Anjali Kaur, AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasidan Naz al-Xatib bor.

Uchrashuvlarda xavfsizlik masalalaridan tortib regional birdamlik, bugungi iqtisod, fuqaro jamiyati va inson huquqlari ahvoli xususida gap ketmoqda.

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bilan muloqotda ikki davlat orasidagi strategik sheriklik muhokama qilingan. Unga bag'ishlangan navbatdagi sessiya Vashingtonda o'tadi.

AQSh, har doimgidek, O'zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini quvvatlashini qayd etmoqda. Vashington Rossiyaning Ukrainadagi urushiga nisbatan Toshkent neytral pozitsiyada ekanini tushunadi, deydi rasmiylar, biroq O'zbekiston Rossiyaning yaqin biznes sherigi ekan, respublika mojaro oqibatlaridan qocha olmaydi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda Davlat xavfsizligi kengashi rais o'rinbosari Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvlarda Ukrainadagi urush va G'arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari ta'siri muhokama qilingan, shuningdek, mintaqaviy vaziyat xususida so'zlashilgan.

Lu deydiki, AQSh O'zbekiston taraqqiyoti Ukrainadagi mojaro sabab sustlashmasligi uchun uning davlati qo'ldan kelgancha yordam beradi.


Amerika rasmiylari O'zbekiston bilan infratuzilma, energetika, transport, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash borasida ham gaplashgan.

Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, Bayden ma'muriyati a'zolari O‘zbekistonning Afg‘onistonga gumanitar yordami, qo'shni mamlakatda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish va uning iqtisodiy tiklanishi uchun qilayotgan harakatlarini yuqori baholaydi.

Davlat kotibi muovini Lu va delegatsiya Toshkentda AQSh ko'magida tadbirkorlik qilayotgan xotin-qizlar bilan ham davra qurib, suhbatlashgan. Lu fikricha, bu ayollar O'zbekiston kelajagida muhim rol o'ynaydi va Amerika uchun ularni quvvatlash faxrdir.


Amerikalik mehmonlar mintaqada qayerga bormasin, hukumatlarni islohotlar jadallashsin, deya undamoqda, xususan O'zbekiston va Qozog'istonda, chunki har ikkisida rahbariyati yangi O'zbekiston va yangi Qozog'iston tushunchalarini targ'ib qilib, serqirra reformalar keyotganini da'vo qiladi. Ammo ular aslida sust va rahbarlar va'da qilganidek chuqur va sistematik emas, degan tahlil keng.

Bugun O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari telefonlashgan. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish haqida gaplashgan.

O'zbekiston hukumatiga ko'ra, "ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi".

Muloqotda Ukrainadagi urush va uning oqibatlari ham muhokama qilingan. O'zbekiston prezidentining matbuot xizmati buni xalqaro siyosiy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, deya izohlamoqda. Toshkent bu urushga nisbatan neytral ekanini qayd etib keladi.

Bugun Toshkentda AQShdan yuqori darajali delegatsiya Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Davlat xavfsizlik kengashi va boshqa idoralarda bo'ldi. AQSh bilan strategik sheriklik kengayishi ham muhokamada.

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va boshqa rasmiylar AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda, Toshkent, 24-may, 2022
O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va boshqa rasmiylar AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda, Toshkent, 24-may, 2022
AQSh rasmiylari O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida, Toshkent, 24-may, 2022
AQSh rasmiylari O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida, Toshkent, 24-may, 2022
AQSh delegatsiyasi Toshkentda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Bosh vazir o'rinbosari Sardor Umurzoqov bilan muloqotda, 24-may, 2022
AQSh delegatsiyasi Toshkentda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Bosh vazir o'rinbosari Sardor Umurzoqov bilan muloqotda, 24-may, 2022
O'zbekiston-AQSh muloqoti, Toshkent, 24-may, 2022
O'zbekiston-AQSh muloqoti, Toshkent, 24-may, 2022
O'zbekiston-AQSh muloqoti, Toshkent, 24-may, 2022
O'zbekiston-AQSh muloqoti, Toshkent, 24-may, 2022

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG