Breaking News

Yangi konstitutsiya Mirziyoyevni 2040-yilgacha hokimiyatda qoldirishi mumkin


Prezident Shavkat Mirziyoyev bu hafta Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevni mehmon qildi. Aliyev mamlakatini 2003-yildan beri boshqaradi. Hokimiyat unga otasi Haydar Aliyevdan o'tgan
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu hafta Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevni mehmon qildi. Aliyev mamlakatini 2003-yildan beri boshqaradi. Hokimiyat unga otasi Haydar Aliyevdan o'tgan

Bugun O'zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida respublika konstitutsiyasini oʻzgartish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi birinchi o'qishda ma’qullanib, uni 25-iyundan 5-iyulgacha umumxalq muhokamasiga qo'yishga qaror qilingan.

O'zbekiston bosh qomusining 66 ta moddasi yangilanishi va qo’shimchalar kiritilishi kutilmoqda, xususan inson huquqlari bilan bog'liq tuzatishlar, shuningdek, oila instituti, davlat boshqaruvi, prezident, parlament, Vazirlar Mahkamasi va mahalliy vakillik organlari faoliyati bilan bog'liq yangi normalar.

Hujjatlarga ko'ra, prezidentlik muddati hozirgi besh yildan yetti yilga uzaytiriladi. 2011-yilda yetti yildan besh yilga qisqartirilgan edi. Yangi bosh qomus amaldagi rahbar Shavkat Mirziyoyevning ikki muddatini nollashtiradi.

Mirziyoyev 2026-yilda prezidentlikka qayta saylansa va yana ikki muddatni ko'zlasa, u kamida 2040-yilgacha hokimiyatda qoladi.

Siz bugun Oliy Majlis ko'rib chiqqan masalalarga ahamiyat qaratayapsizmi?

Xalq muhokamasiga qo'yilgan hujjatlar, masalan Meningkonstitutsiyam.uz bilan tanishmisiz?

Konstitutsion o'zgarishlar siz uchun qanchalik muhim, jumladan prezident muddati bilan bog'liq yangiliklar?

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG