Breaking News

AQSh Isroil va Falastinni ziddiyatlardan tiyilishga chaqirdi


Isroil va falastinliklar o'rtasidagi to'qnashuv, Xevron, G'arbiy Sohil, 2022-yil, 1-iyun
Isroil va falastinliklar o'rtasidagi to'qnashuv, Xevron, G'arbiy Sohil, 2022-yil, 1-iyun

AQSh Prezidenti Jo Bayden kelasi oy Yaqin Shaqqa tashrifi buyurishi kutilar ekan, Vashington Isroil va Falastinni o’zaro keskinliklardan tiyilishga chaqirdi.

“Biz yana bir bor barcha tomonlarni keskinlikni kuchaytiruvchi va muzokaralar natijasida ikki davlatchilik kelishuviga erishish yoʻlidagi saʼy-harakatlarga putur yetkazuvchi choralardan, masalan, aholi punktlarini qurish, buzish, zoʻravonlikka undash va odamlarni uyidan quvib chiqarish kabi ishlardan tiyilishga chaqiramiz”, - dedi AQShning BMTdagi elchisi oʻrinbosari Richard Mills Xavfsizlik kengashining Isroil posyolkalari masalasiga bag'ishlangan yig'ilishida.

Bayden Yaqin Sharq safari davomida Isroil va G'arbiy Sohilga tashrif buyuradi. So’ng 13-16-iyul kunlari Saudiya Arabistonida bo’ladi.

Oq uyning taʼkidlashicha, Bayden Isroil yetakchilari bilan uchrashib, bu mamlakat “xavfsizligi, farovonligi va uning mintaqada tobora ortib borayotgan integratsiyasini” muhokama qilishi rejalashtirilgan. AQSh rahbari G'arbiy Sohilga tashrif buyurib, Falastin ma'muriyati vakillari bilan ham uchrashadi.

Millsning aytishicha, safar davomida Bayden tomonlarni "xotirjamlikka undaydi va isroilliklar va falastinliklar uchun teng xavfsizlik va erkinlik imkoniyatlarini ta'minlash yo'llarini o'rganadi".

AQSh-Falastin munosabatlari 2020-yilda, Tramp ma’muriyati Yaqin Sharq tinchlik rejasini e’lon qilganida eng past darajaga tushgan edi. Falastinliklar Tramp rejasini qat'iyan rad etib, u Isroil manfaatlarini ko’zlashini hamda falastinliklarga poytaxti Sharqiy Quddus bo'lgan suveren davlat barpo etish imkoniyatinni qoldirmaganini ta’kidladi. Tramp ma’muriyati AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirib, falastinliklarni yanada g‘azablantirdi. Bayden bu qarorni tanqid qildi, ammo uni bekor qilmadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, so‘nggi oylarda G‘arbiy Sohilda, jumladan, Sharqiy Quddusda va Isroilda zo‘ravonliklar kuchaygan. Mart oyi oʻrtalaridan beri, BMT maʼlumotlariga koʻra, namoyishlar va Isroil kuchlari bilan toʻqnashuvlarda 49 nafar falastinlik, jumladan, bir necha bola halok boʻlgan. Isroil ichidagi hujumlarda esa 11 nafar isroillik va 3 nafar xorijiy fuqaro o’lgan.

"So'nggi oylardagi voqealar yana bir bor isbotlaganidek, mojaroning abadiy davom etishiga toqat qilib bo’lmaydi, - dedi BMTning Yaqin Sharq tinchlik jarayoni bo'yicha maxsus koordinatori Tor Vennesland. - Mojaroni keltirib chiqaradigan asosiy muammolarni hal qiladigan qonuniy va siyosiy jarayonni hech narsa bilan almashtirib bo'lmaydi."

Amerikalik jurnalistning o'limi

Bayden safari davomida G‘arbiy Sohildagi Jenin shahrida 11-may kuni Isroil kuchlari tomodan otib o’ldirilgan “Al-Jazira” jurnalisti Shirin Abu Aqlaning o‘limi yuzasidan ham savollarga tutilishi mumkin. Falastinlik Abu Aqla AQSh fuqaroligiga ega bo’lgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha idorasi juma kuni e’lon qilgan xulosaga ko’ra, Isroil hukumati dastlab da'vo qilganidek, Abu Aqla qurolli falastinliklar tomonidan otilgan tartibsiz o'qlarga duch kelishi oqibatida emas, balki Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan o'ldirilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining huquq idorasi kuzatuvchilari, shuningdek, Abu Aqla va uning hamkasblari yaqinida qurollangan falastinliklarning faolligini ko'rsatadigan hech qanday ma'lumot topmaganini aytdi.

"Biz, shu kengashdagi boshqalar kabi, falastinlik-amerikalik jurnalist Shirin Abu Aqlaning o'ldirilganidan xavotirdamiz, - dedi Mills Xavfsizlik Kengashiga. - Biz Abu Aqlaning fojiali o‘limi uchun javobgarlik muhimligini ta’kidlashda davom etamiz. Adolat qaror topmaguncha, bu fojia uchun mas’ullar shaffof javobgarlikka tortilmaguncha Qo’sha Shtatlar o’z talablaridan qaytmaydi”.

O’tgan hafta jurnnalistlarning, Bayden Isroilga safari chog'ida Abu Aqlaning o'ldirilishi masalasini ko'taradimi, degan savoliga Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi ma'muriyat uning o'limi "to'liq tergov qilinishini" istashini va prezident “dunyoning istalgan joyida istalgan xorijiy yetakchi bilan” inson huquqlari va matbuot erkinligi masalasini ko’tarishdan "uyalmas"ligini aytdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG