Breaking News

Rossiyada mustaqil jurnalistlar uyida tintuv o'tkazildi


Arxiv: "Ozodlik" radiosining Moskvadagi ofisi
Arxiv: "Ozodlik" radiosining Moskvadagi ofisi

Rossiya politsiyasi “Ozodlik” radiosining rus xizmati va Volga-Ural mintaqasidagi yangiliklarni yorituvchi “Idel.Realities” onlayn loyihasi uchun maqolalar yozgan bir necha jurnalistning uyida tintuv o‘tkazilgani xabar qilinmoqda.

17-avgust kuni Rossiyaning Tatariston respublikasi poytaxti Qozon shahrida “Idel.Realities” onlayn loyihasi sharhlovchisi sotsiolog Iskander Yasaveyevning uyida tintuv o‘tkazilgan.

Yasaveyevning advokati Rim Sobirovga ko’ra, politsiya o‘z mijozini so‘roq qilish uchun Tergov qo‘mitasiga olib ketgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Yasaveyevning oila a’zolariga tegishli barcha mobil telefonlarni olib qo‘ygan.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi ochiq pozitsiyasi bilan tanilgan Yasaveyev aynan nima uchun hibsga olingani hozircha noma’lum.

Ayni paytda Kremlga yaqin “Tatar-Inform” sayti 17-avgust kuni politsiya frilanser sifatida ishlaydigan yoki “Ozodlik” radiosining rus, tatar-boshqird xizmatlari hamda “Idel.Realities” nashriga hissa qo‘shgan yana yetti nafar mahalliy jurnalistning uyida tintuv o‘tkazgani haqida xabar berdi.

Nishonga olingan jurnalistlardan faqat bittasining nomi aniqlangan: Marina Yudkevich; u ham “Idel.Realities” nashrida sharhlovchi sifatida ishtirok etgan.

“Tatar-Inform” xabariga ko‘ra, tintuvlar jurnalistlarning Ukrainaga qarshi davom etayotgan harbiy tajovuzini yorituvchi maqolalari bilan bog‘liq.

Prezident Vladimir Putin mart oyida Rossiya harbiy amaliyotlari haqida "qasddan yolg'on ma'lumot" tarqatganlik uchun uzoq muddatli qamoq jazosini belgilovchi qonunni imzolagan edi.

Qonun jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxslar uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini nazarda tutadi. Rossiya harbiylari haqida "og'ir oqibatlarga" olib keladigan "qasddan yolg'on ma'lumot" tarqatish uchun esa 15 yilgacha qamoq jazosi belgilangan.

Shuningdek, "Rossiya manfaatlarini himoya qilish uchun Rossiya qo'shinlarining ishlatilishiga qarshi chaqiriqlar qilish" yoki "bunday ishlarni obro'sizlantirish” uchun uch yilgacha qamoq jazosi beriladi. Xuddi shu qoida Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo'llash chaqiriqlariga ham tegishli.

So’nggi oylarda noto‘g‘ri xabar tarqatayotganlik aybi bilan “Ozodlik” radiosi, BBC va boshqa mustaqil ommaviy axborot vositalarining bir qancha veb-saytlariga Rossiya nazorat organlari tomonidan taqiq qo’yildi.

17-avgust kuni Yekaterinburgning Urals shahrida “Ozodlik” radiosi rus xizmati va boshqa bir qancha mustaqil ommaviy axborot vositalari uchun ishlagan Yelena Shukayeva ham ekstremistik guruhlar ramzlarini targ‘ib qilish va ommaviy namoyish qilishda ayblanib, 14 sutkaga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Shutayevaning advokati Roman Kachanovning aytishicha, mijoziga qo‘yilgan ayblar uning qamoqdagi muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy jamoasi tomonidan tayyorlangan materiallarni internetga qayta joylashtirgani bilan bog’liq.

O‘tgan yili Rossiya sudi Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurash fondini “ekstremistik tashkilot” deb e’lon qilgan va muxolifatga qarshi kurashni kuchaytirish doirasida guruhga tegishli har qanday ramzlardan foydalanishni taqiqlagan edi.

Tatar jurnalisti bilan millatchilik va mustaqillik haqida suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:58 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG