Vashington choyxonasi: tojik-qirg'iz mojarosi qachon barham topadi?
Sentabr oyi o'rtasida Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasida yuz bergan navbatdagi qonli to'qnashuvlarda yuzdan ortiq odam halok bo'ldi, yana yuzlab kishi yaralandi. Har ikki tomon ixtilofda bir-birini ayblayapti. Tinchlikdan umid bormi? Jurnalist Ozod Mas'ul bilan shu haqda suhbatlashdik.