Breaking News

"Ozodlik" radiosi qirg'iz xizmati bank hisobi muzlatildi


Qirg'izistonda "Ozodlik" radiosiga qarshi uyushtirilgan namoyish
Qirg'izistonda "Ozodlik" radiosiga qarshi uyushtirilgan namoyish

“Ozodlik” radiosi qirg‘iz xizmatining vebsayti ikki oy muddatga to’sib qo’yilishi ortidan Qirg‘iziston hukumati ommaviy axborot vositasining bank hisobini ham muzlatib qo‘ygan.

“Demirbank” vakillari 31-oktabr kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidan “Ozodlik” radiosining hisobini muzlatish to‘g‘risida bildirishnoma olganini tasdiqladi.

Qirg‘iziston hukumati 26-oktabr kuni “Ozodlik” radiosi “Amerika Ovozi” bilan hamkorlikda rus tilidagi “Current Time” tarmog‘i tomonidan tayyorlangan Tojikiston-Qirg’iziston chegara mojarosiga oid videoni o‘chirishdan bosh tortgani uchun “Ozodlik” radiosi vebsaytini to‘sib qo‘yishga qaror qilgan edi. Rasmiylarning ta'kidlashicha, o’chirilishi talab qilingan videoda, asosan, Tojikiston tomoni pozitsiyasini ma’qullovchi ma’lumotlar keltirilgan.

Saytni cheklash haqidagi qaror o‘tgan yilning avgust oyida qabul qilinganida keng tanqidlarga uchragan “Yolg‘on ma’lumotlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga asosan qabul qilingan.

“Ozodlik” radiosi hukumat ayblovini rad etib, ommaviy axborot vositasi “muvozanatli hisobot berishga jiddiy yondashishini” hamda e’tirozga uchragan videoda jurnalistik standartlar buzilgani aniqlanmaganini ma’lum qildi. “Ozodlik” bu qaror ustidan shikoyat qilishini bildirgan.

“Ozodlik”ka birdamlik sifatida 28-oktabr kuni mustaqil Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari o‘z veb-sahifalarida bir necha soat davomida “Bugun yangilik yo‘q. Qirg‘izistonda ommaviy axborot vositalari bosim ostida” yozuvi bilan qora sahifa joylashtirdi hamda hukumat haqidagi yangiliklarni yoritishdan bosh tortdi.

Qirg‘iziston hukumatining qarori, shuningdek, ayrim qirg‘iz deputatlari va huquq faollari tomonidan ham tanqid qilingan va ular hukumatdan uni bekor qilishni talab qilgan.

Shu oy boshida Bishkekdagi “Ozodlik” radiosi qirg‘iz xizmati idorasi oldida bo‘lib o‘tgan namoyishda “Ozodlik” radiosi jurnalistlariga nisbatan tahdidlar qilingan edi.

Aksariyat ishtirokchilar yuzlarini berkitib, kameradan qochib, o‘z talablari yuzasidan savollarga javob berishdan bosh tortgan.

Namoyish tashkilotchisi Ilimbek Isroilov “Ozodlik” muxbirlariga benzin sepib, kuch ishlatish bilan tahdid qilgan.

Isroilov Bojxona boshqarmasi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Raimbek Matraimovni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘plab mitinglar uyushtirishda ishtirok etgani bilan tanilgan.

2019-yilda “Ozodlik” radiosi, Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya haqida xabar berish loyihasi va “Kloop” birgalikda o‘tkazgan tergov Matraimovning Qirg‘izistondan olib chiqib ketilgan yuzlab million dollarlik korrupsion sxemaga aloqadorligini fosh qilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG