Breaking News

Afg’oniston: San’atkorlar kartoshka-piyoz sotib kun ko’rmoqda


Tolibon hokimiyatni egallashi ortidan Afg’onistonda musiqa bilan bog’liq har qanday faoliyatga chek qo’yilgan. Ba’zi san’atkorlar vatanni tark etishga ulgurdi. Ayrimlari Tolibon hukmronligi ostida hayot kechirmoqda.

Sayid Hayotullah Kamol afg’onistonlik o’zbek san’atkorlardan biri. Kasbi taqiqlangan Kamol musiqa qayta qad ko’tara olmasligidan tashvishda.

“Musiqa o’ldi. Tolibonning shartlariga ko’ra musiqaga ruxsat yo’q. Ular musiqani harom deydilar. Hech bir san’atkor bosh ko’tara va og’iz ocha olmaydi. San’at degan narsa adog’iga yetdi”, - deydi u.

Afg’onistonda o’zbek san’atkorlar qanday kun kechirmoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:19 0:00

Suhbatdoshning aytishicha, san’atkorlar iqtisodiy jihatdan o’rta ahvolda yashab kelayotgan qatlam bo’lgan. Shu bois aksariayti mamlakatni tark eta olmagan.

“Hech yoqqa chiqa olmadik. Hozirgi kunda san’atkorlar kartoshka-piyoz sotib kun kechirmoqda. Boy odamlar emas. She’r, musiqa, madaniy faoliyatlardan boshqa hech qanday ish bilan shug’ullanmaganlar”, - deydi Kamol.

Musiqa man qilinar ekan, taniqli san’atkor otasidan qolgan yerlarda dehqonchilik qilib oila boqmoqda.

“Shunday bir ahvoldamanki, ertani topsam peshinda yo’q, peshinni topsam oqshomning tashvishida. Unni topsam yog’ yo’q, yog’ni topsam, guruch yo’q”,- deydi Kamol.

Sayid Hayotullah 1,5 yildan beri qo’shiq aytmagan. Lekin “Amerika Ovozi” iltimosini yerda qoldirmay, tor chertib berishga harakat qildi.

Tolibon hukumati musiqa haromligini aytib, san’atkorlarga boshqa ish topishni taklif qilmoqda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG