Breaking News

Qosim-Jo'mart To'qayev qayta saylandi. Yetti yillik muddatga


Olmaota, Qozog'iston, 2022-yil, 20-noyabr

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev muddatidan erta saylovda osonlik bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda dushanba kuni mamlakat Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi. Konstitutsion o'zgarishlar qabul qilinishi ketidan To'qayev davlatni endi yetti yil boshqaradi.

Saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirovning so‘zlariga ko‘ra, yakshanba kungi saylovda To’qayev 81 foizdan ko‘proq ovoz olgan. To’qayevga qarshi yana besh nafar nomzod kurash olib borgan. Saylovchilarning qariyb 6 foizi “hammaga qarshi” variantini tanlagan.

Oktabr oyi oxirida boshlangan qisqa saylovoldi tashviqoti davrida nomzodlar orasida siyosiy raqobat kuzatilmadi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti kuzatuv missiyasi xulosasiga ko’ra, saylov siyosiy raqobatdan xoli va fuqarolarning siyosiy erkinliklari cheklangan bir sharoitda o’tkazilgan. Unda haqiqiy muxolifat vakillari ishtirok etmagan. Komissiya hukumatni siyosiy islohotlarni yanada kengaytirishga va davom ettirishga chaqiradi.

To’qayev so’ngi oylarda Qozog‘istonning azaliy ittifoqdoshi va mintaqaviy hukmron Rossiyadan uzoqlashishi uchun choralar ko‘rdi.

Un fevral oyi Ukraina urushi boshlanishi ortidan Rossiya suveren davlatlar deb e'lon qilgan Ukraina hududlarini tan olmagan. Qozog‘iston, shuningdek, Prezident Vladimir Putin sentabr ommaviy mobilizatsiya to‘g‘risida buyruq chiqarganidan keyin qochib ketgan yuz minglab rossiyaliklarni ham qabul qildi.

To’qayev 2019-yilda Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqanidan so‘ng hokimiyatga kelgan edi. U Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishganidan beri resurslarga boy mamlakatni boshqargan odamning avtoritar siyosatini davom ettirishi kutilgan edi. Nazarboyev milliy xavfsizlik kengashi rahbari sifatida o‘ta nufuzli vazifani qoldi va poytaxt uning sharafiga Nur-Sulton deb o‘zgartirildi.

Yanvar oyida mamlakatda zo'ravonliklar to'lqini paydo bo'ldi. Avvalo, yoqilg'i narxining ko'tarilishi bilan boshlangan hududiy noroziliklari boshqa shaharlarni, xususan, tijorat poytaxti Olmaota shahrini qamrab oldi va namoyishchilar Nazarboyevga nisbatan "Chol, ket!" deb qichqirdi. Politsiya tartibsizliklarni kuch bilan bostirishi oqibatida 220 dan ortiq odam, asosan namoyishchilar halok bo'ldi.

Zo'ravonlik fonida To’qayev Nazarboyevni xavfsizlik kengashidagi lavozimidan chetlatdi. U poytaxtning avvalgi Ostona nomini tikladi va Qozog‘iston parlamenti orqali Nazarboyev va uning oilasiga jinoiy javobgarlikdan daxlsizlik maqomini beruvchi qonunni bekor qildi.

Keyinchalik To’qayev parlamentni kuchaytirish, prezident vakolatlarini qisqartirish va prezidentlik vakolatini faqat bir marta saylanadigan yetti yillik muddat bilan cheklash kabi islohotlarni amalga oshirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG