Breaking News

Rossiya armiyasi ishg'ol ostidagi aholini qanday so'roq qilgan?


Xersondan evakuatsiya qilinayotgan aholi, 2022-yil, 5-noyabr
Xersondan evakuatsiya qilinayotgan aholi, 2022-yil, 5-noyabr

Shaxsi ochiqlanishini istamagan xersonlik qrim-tatar yigit "Amerika Ovozi" bilan suhbatda Rossiya bosqini ostida o'tkazgan kunlari haqida so'zlab berdi. U yashagan tuman ayni paytda hanuz Rossiya ishg’oli ostida.

Rus armiyasi Xersonga kirar ekan, mahalliy aholiga tazyiqlar boshladi, Rossiya bosqinini olqishlamaganlar, jumladan, qirim-tatarlar alohida nishonga olindi, deya eslaydi suhbatdosh.

Bosqinga qarshilar Xersonni tark etishga uringan, ammo ishg’ol ostidagi tumandan chiqish, tekshiruvlardan o’tish oson emas edi. Blokpostdagi tekshiruvda bu yigit ham rus armiyasi tomonidan shubhali shaxs sifatida hibsga olindi.

“Hibsxonaga olib kirishdi, darhol meni, otamni boshqa boshqa tomonga ajratishdi. Boshimdagi qopni olishgani yo’q. Shundan so’ng so‘roqni boshlashdi; qayerda, nima, kim, qayerda bo’lgansan, bo’lmagansan. Ularga yoqmagan javob bersang kaltaklanasan”, - deydi ukrainalik yigit.

AO: Sizni nimada gumonlashdi?

“Meni “Noman Chelibijixon” batalyonida, “Azov” polkida xizmat qilishda, ularga yordam ko’rsatishda gumonlashdi. Menga Ukrainadagi barcha mavjud batalyonlarni taqab chiqishdi, birortasiga yozib qo’yish uchun. Xullas, shu maqsaddagi savolni turlicha qilib beraverishadi, birorta javobda tutib olish uchun. Keyin meni ko’chaga olib chiqishdi, qo’llarim orqaga bog’langan, boshimda qop edi. Menga qo’llaringni och deyishdi, ochdim, granatani qo’yishdi, halqasini yechganini eshitdim. Shunday turib o’yla, yaxshilab esla, degancha meni shu joyda qoldirib ketishdi. Shu vaziyatda men ikki soatga yaqin turdim. Keyin kelib granata halqasini yana taqishdi, meni esa boshqa joyga olib borishdi. Barmoq izlarini olishdi, sochlarimizdan, tirnoqlardan namunalar olishdi, nomalum qog’ozlarga imzo chektirib ham olishdi. Xullas, bu qiynoqlar hammasi ertalab oltilardan tungi soat uchlargacha davom etdi. Shundan so’ng bizni qo’yib yuborishdi”, - deb eslaydi bu yugit Rossiya tomoni o’tkazgan so’roqlarni xotirlab.

Ukraina armiyasida o'lganlar 100 mingdan oshdimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00

Ayni paytda u Kiyevda, ammo ismi ochiqlanishi, yuzi ko’rsatilishini istamaydi. Ishg’ol ostidagi Xeson viloyatida uning qarindoshlari qolgan.

Qrim yaqinida joylashgan Xerson viloyati tumanlari qrim-tatarlar zich yashaydigan Ukraina hududlaridan biri. Ukraina armiyasi viloyat markazi Xerson shahrini ozod qildi, ammo Dnepr daryosining chap sohilidagi hudud hamon Rossiya nazoratida. Bu ishg’ol ostida qolayotganqrim-tatarlar doxil ko'plab ukrainaliklar Xersonning boshqa hududlari ham tez orada ozod qilinishini umid bilan kutmoqda.

Ukraina urushi: haftaning muhim voqealari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:12 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG