Breaking News

Polsha: Rossiya elchixonasi oldida restoran ochgan qrimliklar


Rossiya elchixonasi yonidagi Qrim restorani
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:16 0:00

Ernest Sulaymonovlar oilasi har kuni ertalab kunni Qrim, Ukraina va Polsha bayroqlarini o’z restoranlari eshigiga tikishdan boshlaydi. Restoran Varshavadagi Rossiya elchixonasi ro’parasida joylashgan.

“Bu menga juda yoqadi, ruslar ko’rib tursin deb, men bu bayroqlarni ularning ro’parasiga tikaman”, deydi restoran egasi Ernest Sulaymonov.

Restoran “Qrim” deb nomlangan, Ukraina tarkibidagi Qrim sharafiga. Ernest nafaqat restoran egasi, shuningdek jurnalist va faol. U restoran ochish uchun uzoq vaqt joy izlagan.

“Do’stim Rossiya elchixonasi ro’parasida restoranga joy borligini aytib qoldi. Bu yerda rus tili o’quv markazi ham bor. Men buni ruslarning asabiga tegish uchun yaxshi imkoniyat deb topdim”, - deydi u.

Restoranni milliy taomlarning yoqimli hidi tutgan. Mijozlar faqat qrim-tatar taomlari bilan mehmon qilinadi. Eng sevimli taomlardan biri qrim-tatar chebureklari.

“Cheburek uchun maxfiy retsept yo’q, go’sht, piyoz, qalampir va tuz. Biroz suv qo’shish kerak. Onam har doim cheburek qilardi, chunki juda tez pishiriladi. Agar mehmon kelsa, ular qahva ichgunga qadar, chebureklar tayyor bo’ladi”, - deydi Elmira Said-Axmetova.

“Qrim ozod etilsagina, to’liq g’alaba haqida gapirish mumkin”
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:35 0:00

Elmiraning onasi qiziga ularning vatani O’zbekiston emas, Qrim ekanligini ham o’rgatgan. Oila qrim-tatarlar surguni paytida O’zbekistonga jo’natilgan.

Ernest ham Toshkentda o’sgan. Uning ota-onasi ham surgunda yashagan. Ernest va Elmiraning oilasi Ukraina mustaqillikka erishishi ortidan Qrimga qaytishga muvaffaq bo’lishdi.

Ammo 2014-yilning bahorida Rossiya yana Qrimni bosib oldi, juftlik qochqinlikka tutildi. Ukrainadagi inqilob davri faoli bo’lgan Ernestlar oilasi uchun Qrimda qolish xavfli edi.

“So’nggi bor Simferopolda Kuybishev maydonidagi aksiyada edim. Shu yerda harbiy kiyimdagi odamlar izimdan tushishdi. Men qochishga muvaffaq bo’ldim. O’sha paytda mening suratim “qidirilmoqda” degan e’lon bilan shahar bo’ylab yopishtirib tashlangan edi. Do’stlarim chiqib ketishga undashdi, poyezdga chipta olib berishdi. Qrimdan Ukrainaga qatnayotgan so’nggi poyezdlar edi. Men o’zim bilan hech narsa olmadim”, - deb eslaydi Ernest Sulaymonov.

Chubarov: Rossiyaning Qrimda qolishi qrim-tatarlar yo’q qilinishini anglatadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:15:18 0:00

Ernest Qrimni, yaqinlarini oxirgi bor o’shanda ko’rgan edi. Oila avvaliga Kiyevda yashadi, keyinchalik ularning o’g’li Varshavadagi universitetga o’qishga kirishi ortidan Polshaga ko’chib kelishdi. Polsha ularga begona emas, Ernest va Elmira ham bir paytlar Polshada o’qigan.

Elmira Qrimni sog’inadi, restorandagi yumushlar bu sog’inchni biroz bosadi.

“Ayniqsa, Qrim tog’larini, o’t-o’lanlarini sog’inaman. Shuning uchun bu yerda Qrimcha choy tayyorlaymiz, o’tlarni Gretsiyadan olamiz. U yerdagi o’tlar Qrimnikiga juda o’xshash. Bu choyni ichib, o’zimizni xuddi vatandagidek his qilamiz”, - deydi u.

Ernest va uning oilasi Ukraina tarkibidagi ozod Qrimga qaytish orzusi bilan yashamoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG