Breaking News

AQShda nodavlat tashkilot mahbuslarni kasbga o'rgatyapti


Mahbuslarga hunar o'rgatayotgan dastur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:58 0:00

Merilend shtatidagi notijorat tashkilot hozirgi va sobiq mahbuslarga yaxshiroq hayot imkoniyatini taqdim etish uchun avto mexaniklik kasbini o’rgatmoqda.

Aleksis Ostin Merilend shtatining Randallstaun shahridagi lyuks avtomobillar salonida mexanik bo’lib ishlamoqda.

"Odamlarga mexanik ekanligimni aytsam, hayron qolishadi. Ayol kishining bunday ish qilishini hech qachon ko'rmagandek", - deydi u.

Erkaklar hukmron bu sohada ishlashni u hech qachon, ayniqsa, sobiq mahbus sifatida tasavvur qilmagan edi. U 2022-yil may oyida qamoqdan ozod qilingan.

"Men besh yil qamoqda o'tirib, uyga hech vaqosiz qaytayotgan edim", - deydi u.

“O’zgarish ulovlari” deb nomlangan notijorat tashkilot tufayli uning yahotida yangi sahifa ochildi. Bu tashkilot xayriya qilingan avtomobillarni ta’mirlab, ularni kam ta’minlangan oilalarga arzon narxlarda taqdim etadi.

Shuningdek, u hozirgi va sobiq mahkumlarga amaliy mashg’ulotlar orqali avto mexanik bo’lishni o’rgatadi.

Dastur qatnashchilari ham ish o’rganadi, ham maosh oladi.

“Qatnashchilarimiz bu yerda to‘rt oy vaqt o‘tkazadi. Ular tayyorgarlik ko‘rib, bitiruv imtihonini topshiradi. So‘ng ularni butun mintaqa bo‘ylab hamkorlarimiz orqali ishga joylashtiramiz”, - deydi tashkilot rahbari Martin Shvars.

Sobiq mahbuslar uchun ijodiy amaliyot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00

Dastur virtual voqelik texnologiyasidan ham foydalanadi.

"Bu amaliy mashg'ulotlardan oldin tushunchaga ega bo’lishga yordam beradi", - deydi talaba Chaki Flit.

Maqsad ham shu.

“Bu texnologiya juda keng qamrovli. Shlemni taqib, butun diqqatni bir narsaga qaratish va uning o’yinga o’xshashi jarayonni zavqli qiladi. Bu o'rganishning ajoyib usuli; ayniqsa, siz boshlang'ich darajada bo’lsangiz”, - deydi tashkilotning virtual texnologiyalar bo’yicha rahbari Jef Krovford.

Moris Nil – talabalardan biri.

“Men bu dastur haqida, u treningdan o’tkazib, ishga joylashi haqida qamoqda o‘tirganimda bildim”, - deydi u.

Hozirgacha 250 dan ortiq odam dasturni bitirdi. Ularning 95 foizi ishga joylashdi.

Jeyms Makia Ostinni ishga olgan “Exclusive Motorcars” saloni rahbari.

"Hozirda texnik xodimlar yetishmayapti. Shuning uchun, ayniqsa, Aleksis kabi ishtiyoqli odamlar bo'lsa, ish topishi oson. U juda yaxshi ishlayapti", - deydi u.

Ba'zilar uchun bu hayotdagi ikkinchi imkoniyat.

“Bu dastursiz men, ehtimol, yana qamoqda bo’lardim. Endi qamoqqa tushmayman, bularga rahmat”, - deydi Flit.

“Men o'sib, asosan, ayol mexaniklarni ishga oladigan o’z do’konimni ochaman. Va ularga biz mustaqil bo'la olishimizni ko’rsatmoqchiman”, - deydi Ostin.

Ungacha u hozirgi ishidan zavq olib, sohani yanada chuqurroq o’rganish niyatida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG