Breaking News

Moldova tezroq Yevropa Ittifoqiga qo'shilishni istaydi


"Rossiya Moldovada gibrid urush olib bormoqda"
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

Ukrainadagi davomiy agressiya Moldova Kreml nishonidagi navbatdagi davlat bo‘lishi mumkin degan xavotirlarni kuchaytirgan. Moldova ham Ukraina kabi Rossiya bilan yaqin madaniy aloqalarga ega, ammo armiyasi zaif.

Moldova armiyasining 22-batalyoni bu yil 27 yilligini nishonlamoqda. Askarlari Kosovo va Janubiy Sudanda xalqaro tinchlikparvar missiyalarda qatnashgan.

Mamlakat qo'shinlarining xalqaro missiyalardagi ishtiroki oliy qo'mondonlik uchun kichik mamlakatni jahonga tanitishning kafolatli yo’li va tashqi hujumlardan himoyalanishga bir umid.

“Kichik davlatmiz. Taktika va strategiya butunlay boshqacha bo'lishi lozim. Diqqatimizni nafaqat mudofaaga, balki hamkorlar bilan birga xalqaro tinchlikparvar operatsiyalariga hissa qo’shish va inqiroz yuz berganda fuqarolik hokimiyatiga yordam ko’rsatishga qaratamiz”, - deydi Mudofaa vazirligi vakili Valeriy Miya.

Moldova armiyasi kichik, qurol-aslahasi ham eskirgan. Biroq tahlilchilarga ko'ra, uning yanada zaif tomoni - Kreml agentlarining unga oson singdirilishi.

“Rasman 6500, amalda esa ehtimol 3000 ga yaqin askari bor. Qurol-aslahalari juda ham eski. Moldova qurolli kuchlari safida ko’plab Rossiya harbiy razvedkasi agentlari yoki faol a'zolari bo’lsa, hech ham hayron bo'lmayman”, - deydi siyosiy tahlilchi Jonatan Eyal.


Jamiyat rumin tilida so’zlovchilar, Yevropa Ittifoqini qo’llovchilar va asosan rus tilida so’zlashuvchi qatlam orasida bo’lingan. Mamlakatning chuqur madaniy, siyosiy va ijtimoiy aloqalari ko'chalarda, “G’alaba kuni” kabi sovet davridan qolgan bayramlarda namoyon bo'ladi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Moskva bu aloqalardan jamiyatning rossiyaparast unsurlari va Yevropa bilan integratsiyaga moyil hukumat o‘rtasida ziddiyat qo’zg’atish uchun foydalanadi.

“Rossiya, afsuski, Moldovada gibrid urush olib bormoqda. Mahalliy proksilar, dezinformatsiya va propaganda orqali”, - deydi Strategik tashabbuslar instituti tahlilchisi Lulian Groza.

Ukraina qurolli kuchlari safida rus agentlari bo’lgani o’tgan yili fevralda Rossiya qo’shinlari Ukrainaga shiddat bilan kirib kelishida hal qiluvchi omil bo’lgan. Moldova hukumati o’xshash ssenariyning oldini olish harakatida.

Mamlakat Yevropa Ittifoqiga qo'shilish uchun topshirilgan ariza tezroq tasdiqlanishini va shu tariqa Kreml ta’siridan ozod bo’lishni istaydi. Ammo bu Moldovani Rossiya nishoniga aylantiruvchi yana bir omildir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG