Breaking News

Xitoy-Belarus yaqinlashuvi nimalarni anglatadi?


Xitoy mudofaa vaziri Belarus rahbari qabulida, Minsk, 17-avgust, 2023.
Xitoy mudofaa vaziri Belarus rahbari qabulida, Minsk, 17-avgust, 2023.

Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu 17-avgust kuni Minskda Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko qabulida bo’ldi. Xitoy vakilining ta’kidlashicha, Pekin Minsk bilan harbiy hamkorlikni kengaytirishga qaror qilgan. Biroq har ikki tomon ham bu hamkorlik aynan nimalardan iborat bo’lishiga aniqlik kiritmagan.

Xalqaro hayot - 18-avgust, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:14 0:00

“Tashrifdan maqsad ikki davlat rahbarlari darajasida imzolangan muhim bitimlarni amalga tatbiq qilish hamda ikki tomonlama harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat”, - dedi Li.

Tomonlar kelasi yil qo’shma harbiy mashg’ulotlarni o’tkazishga kelishib olgan.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, harbiy hamkorlik uchinchi mamlakatlarga tahdid solishdan emas, balki Belarus va Xitoy xalqlarini tashqi tahdidlardan munosib himoyalash.

Belarus rahbari mudofaa borasida o’ziga do’st mamlakatlar sanalgan Rossiya va Xitoy yordamiga ishonishini aytgan.

Rossiyaning Ukraina bosqiniga yaqindan ko’maklashib kelayotgan Belarus G’arb sanksiyalari ostida. Rossiya bu qo’shni mamlakatga taktik yadroviy qurollarini joylashtirgan. Lukashenko roziligi bilan Rossiya harbiylari Belarus hududidan Ukrainaga hujumlarni amalga oshirgan.

Xitoy ham G’arb mamlakatlarining tanqidiy nishoni ostida. Xususan, uyg’urlar va boshqa musulmonlarga qarshi qo’llanilayotgan zulm, Pekinning josuslik operatsiyalari va Tayvanga bosimi borasida Xitoy va G’arb o’rtasida ixtilof kuchaygan.

Xitoy mudofaa vazirining Belarusga tashrifiga Vashingtonda ham baho berilmoqda. AQSh ekspertlariga ko’ra, Xitoy vakilining Belarusga tashrifi Ukrainada hujumlarni davom ettirayotgan Rossiyani hursand qiladigan signal.

“Rossiya va Xitoy G’arbni harbiy va iqtisodiy tahdid sifatida ko’radi. Ayniqsa, Ukrainada urush ketayotgan, NATO tarkibiga yangi mamlakatlar qo’shilayotgan bir pallada. Xitoy liberal xalqaro tartib bilan aslo chiqishmaydi”, - deydi Oklaxoma universiteti professori Maykl Givel.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG