Breaking News

Kobulda Tolibon-O'zbekiston muloqoti: tranzit shartlari, millionlab dollarlik yangi kelishuvlar


Tolibon Bosh vaziri o'rinbosari Mulla Birodar Oxund, Kobul, 29-oktabr, 2023
Tolibon Bosh vaziri o'rinbosari Mulla Birodar Oxund, Kobul, 29-oktabr, 2023

Murakkabliklarga qaramay O'zbekiston Afg'oniston orqali yangi savdo yo'llari ochilishidan umidvor ekan, Tolibon Toshkentdan tranzit to'lovlarini pasaytirishni so'ramoqda.

Kobuldagi tan olinmagan rahbariyat kecha O'zbekiston delegatsiyasi bilan bu haqda gaplashgan. Hozirda masalani qo'shma guruh o'rganib chiqmoqda.

O'zbekiston va Afg'oniston jahon bozoriga chiqish uchun bir-birining hududidan o'tishi kerak.

O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari Jamshid Xo'jayev yetakchiligidagi delegatsiyada respublikaning qator vazirlari va vazir o'rinbosarlari bo'lgan.

Kobul Xalqaro ko'rgazma markazida O'zbekiston mahsulotlari taqdim etilgan. 300 dan oshiq tadbirkorlar kelgan “Made in Uzbekistan” yarmarkasi singari tadbirda ham o'tishi mumkin. Unda Afg'onistonda ishlab chiqarilgan tovarlar ko'z-ko'z qilinadi.

Rasmiylarga ko'ra, bizneslararo hamda hukumatlar va bizneslar orasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishilgan.

O'zbekiston va Tolibon 29-oktabr kuni Kobulda qiymati 1,2 milliard dollarga teng eksport-import kelishuvlari imzolangan. Detallar hozircha oshkor etilmagan.

Afg'oniston konsulligi kimniki?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:29 0:00

Tolibon Bosh vaziri o'rinbosari Abdul Ga'ni Birodar Oxund va boshqa rasmiylar Toshkentdan kelgan mehmonlar bilan energetika, suv, transport, savdo, xavfsizlik, qishloq xo'jaligi, konchilik va ta'lim masalalarini muhokama qilgan.

Tolibon ikki davlat orasidan oqadigan Amudaryodan ko'proq suv olish harakatida. U qurayotgan Qo'shtepa kanali O'zbekistonni xavotirga solsa-da, Toshkent bu borada ham Tolibon bilan ishlashga shay ekanini bildirgan.

Tahlilchilarga ko'ra, Kobul uchun Toshkent bilan do'stona va konstruktiv aloqalar suv va havodek zarur. Xalqaro miqyosda hali biror davlat Tolibonni Afg'onistonning ma'muriyati sifatida e'tirof etmagan.

Harakat hokimiyatni egallaganiga ikki yildan oshdi.

O'zbekiston Afg'oniston bilan qariyb 150 kiometrlik chegaraga ega. Amudaryo ustidan o'tgan "Do'stlik" ko'prigi Surxondaryo viloyatining Termiz tumani va Balx viloyatining Hayraton port shahrini bog'laydi.

O'zbekiston-Afg'oniston chegarasi ayni damda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:56 0:00

Termizda bir necha yil oldin ochilgan kargo markazini O'zbekiston hukumati muhim mintaqaviy inshoot deb hisoblaydi, chunki Afg'onistonga kirib-chiqayotgan yuk bu yerda to'xtaydi, tekshiriladi va saqlanadi, jumladan xalqaro tashkilotlarning Afg'oniston xalqiga atalgan ko'magi ham.

Mirziyoyev ma'muriyati Afg'oniston bilan nozik masalalarda til topishib, o'zaro manfaatlar yo'lida birga ishlashga harakat qilayotganini bildirgan.

Toshkent xalqaro hamjamiyatni, jumladan G'arbdagi hamkorlarini Afg'onistonni yakkalamaslikka, unga yordam berishga va Tolibon bilan dialog o'rnatishga undab keladi.

Markaziy Osiyoning besh respublikasi va AQSh ishtirokidagi C5+1 formatidagi diplomatik platformada ham Toshkent hamisha Tolibon va Afg'oniston masalasini ko'taradi. Amerika rasmiylariga ko'ra, Vashington bu borada Mirziyoyev ma'muriyati bilan muloqotda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG