Breaking News

AQShdan Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar


Rossiyaning Arktikadagi Gidan yarimorolida "Novatek" kompaniyasining energetik inshooti
Rossiyaning Arktikadagi Gidan yarimorolida "Novatek" kompaniyasining energetik inshooti

AQSh 2-noyabr kuni Rossiyaga tegishli yuzlab bizneslar va shaxslarga Ukrainadagi urush yuzasidan sanksiyalar qo'ydi. Cheklovga uchrayotganlar orasida texnologik dasturlar va hatto rejadagi loyihalar ham bor, deya bildiradi Davlat departamenti.

Sibirdagi "Arctic-2 LNG" degan kompaniya Vashington nishonidagi yangi yirik bizneslardan biri. U suyultirilgan tabiiy gaz tashuvchi tizimdir, ammo hali ish boshlamagan.

"KUB-BLA" va "Lancet" dron ishlab chiqarish tarmog'i ham qora ro'yxatga tushgan. Uning vositalari Ukrainada Rossiya kuchlari tomonidan allaqachon ishlatilgan.

AQSh Tijorat vazirligi Rossiyadagi 12 va O'zbekistondagi bir firmani o'z eksport nazorat ro'yxatiga qo'shgan. Rasmiylar deydiki, ular AQSh yoki boshqa tarafning manfaatlariga qarshi harakat qilgan.

Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Xitoydagi qatori kompaniyalar sanksiyalarni chetlab o'tgani aniqlangan va jazolanmoqda, deydi mutasaddilar. Ular Rossiyaga sotayotgan mahsulotlar harbiy vositalarda ham ishlatilishi mumkiin.

AQSh Moliya vaziriligi Rossiyadagi yetti bank va o'nlab ishlab chiqaruvchilarni ham jazolashga qaror qilgan, jumladan "Gazpromneft Catalytic Systems", kimyoviy mahsulotlari bilan tanilgan kompaniya.

Kreml yangi sanksiyalarga G'arb aslida o'ziga zarar qilmoqda, Rossiya iqtisodi baribir qulamaydi, degan mazmunda munosabat bildirgan.

2-noyabrda joriy etilgan cheklovlarning katta qismi Rossiya energetika sanoatini zaiflashtirishni dengiz ostidan qazish ishlarini, sekinlashtirishni ko'zlaydi. Bu sanoat G'arb texnologiyasiga tayanadi, deydi rasmiylar. Vashingtonning muddaosi Rossiyaning ular yordamida kuchayishiga, Ukrainaga qarshi urushda foydalanishiga yo'l qo'ymaslik.

AQSh Moliya vaziri Janet Yellen
AQSh Moliya vaziri Janet Yellen

AQSh ham suyultirilgan gaz ishlab chiqaradi va urush bois Rossiya quvurlaridan voz kechgan Yevropaga eksport qiladi.

"Arctic LNG 2" yaqin orada ishga tushishi kerak va sanksiya uning ishini qanchalik qiyinlashtirishi hozircha noma'lum. "Novatek NVTK.MM" bu loyihani yuritadi va uning kalendariga ko'ra, gaz uzatish kelasi yilning ilk oylarida boshlanadi.

"Lancet" dronlari Ukraina armiyasi uchun ulkan xavf, deydi ekspertlar. Vashington Rossiyaning "ZALA Aero" singari dron ishlab chiqaruvchilarni, shuningdek, "ZALA" brendi bilan dronlari bilan tanilgan "A Level Aerosystems CST" firmasiga ham cheklovlar qo'ydi.

Bu bizneslarga egalik qiladigan Aleksandr Zaxarov, rafiqasi va farzandlari ham endi qora ro'yxatda.

Vashington turli hukumatlar va ular nazoratidagi kompaniyalarga bosimni oshirib, sanksiyalar shartlarini hurmat qilishga undamoqda.

Turk va arab kompaniyalari Rossiya harbiy tizimiga xizmat ko'rsatgani, uni turli vositalar bilan ta'minlangani uchun nishonda bo'lsa, Xitoy bizneslari optika mahsulotlari va radar qismlari uzatgani uchun AQSh qo'ra ro'yxatidan o'rin olgan.

Sanksiya ostida qolganlar orasida metal va konchilik sanoati, xususan titan ishlab chiqaruvchilar ham bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG