Breaking News

AQSh Qirg'iziston Suriyadagi fuqarolarini vatanga qaytarganini olqishlamoqda


Suriya shimoli-sharqida kurd kuchlari nazorat qiladigan al-Hol qochqinlar lageri. O'zbekiston va qo'shni davlatlar bu yerdagi fuqarolarining bir qismini olib chiqqan. Hali yana bor, deydi rasmiylar.
Suriya shimoli-sharqida kurd kuchlari nazorat qiladigan al-Hol qochqinlar lageri. O'zbekiston va qo'shni davlatlar bu yerdagi fuqarolarining bir qismini olib chiqqan. Hali yana bor, deydi rasmiylar.

Qirg'iziston hukumati bu hafta Suriya shimoli-sharqida kurd kuchlari nazorat qiladigan al-Hol qochqinlar lageridan 96 nafar fuqarosini vatanga qaytardi, jumladan ayollar va bolalarni.

Vashington Bishkekning bu qadamini olqishlab, to'rtinchi bor shunday operatsiyani amalga oshirgani uchun Qirg'iziston rahbariyatini insonparvar va mehribon, deya baholamoqda.

O'zbekiston, Qozog'iston va Tojikiston ham o'tgan yillarda yuzlab fuqarolarini Iroq va Suriyadan olib kelib, ularning jamiyatga qayta qo'shilishi uchun maxsus dasturlarni yo'lga qo'ygan.

AQSh Davlat departamenti har safar hukumatlarning bunday ishlarini quvvatlab chiqadi. Diplomatlar deydiki, Suriya va Iroqdagi lagerlarda yashayotganlar asosan yosh avlod.

Al-Hol va Roj lagerlarini Suriya Demokratik Kuchlari degan kontingent boshqaradi. Quvayt - asosiy vositachi.
Al-Hol va Roj lagerlarini Suriya Demokratik Kuchlari degan kontingent boshqaradi. Quvayt - asosiy vositachi.

2003-2017 yillar orasida "Islomiy davlat" va boshqa terror guruhlari safidagi jangarilarning oilalari ham mojaro hududlariga borib qolgan. Dunyoning eng notinch qismlarida ular farzandlar ko'rgan, shuningdek, ota-onasidan ayrilgan bolalarni boqib olgan.

Terror to'dalari xalqaro koalitsiya yetakchiligida tormor qilingach bu odamlar katta sonda kurdlar qo'lidagi lagerlarga tushgan.

Fuqarolarni aniqlab, ularni bu makonlardan olib chiqish uzoq muzokara va jiddiy say-harakat talab qiladi.

Kurdlarni quvvatlovchi AQSh bu borada davlatlarda yordam taklif qiladi. Chunki, deydi rasmiylar, lagerlarda gumanitar vaziyat og'ir va pirovardida bu yerdagi odamlar uchun eng ma'qul joy - vatanlari.

Bishkek bu yilning o'zida 333 fuqarosini olib chiqqan. 2023-yil davomida 5000 ga yaqin odam o'z davlatiga qaytgan.

Amerikaning xavotiri shuki, bu lagerlarda yangi bir avlod ulg'aymoqda va ularning bu hududda qolishi terrorchilar uchun qo'l kelishi mumkin, ya'ni jangarilar ularni o'ziga og'dirish ehtimoli yuqori.

Suriyadagi al-Hol va Roj lagerlarida taxminan 33 ming xorijlik va ularning mojaro nuqtalarida dunyoga kelgan bolalari bor. Aksariyati 12 yoshgacha bo'lgan insonlar.

Lagerlarni Suriya Demokratik Kuchlari degan kontingent boshqaradi. Quvayt - asosiy vositachi.

AQSh hukumatiga ko'ra, "Islomiy davlat" va uning sheriklari bugungi kunda yo'q qilingan hisob, ammo oz sonda bo'lsa-da, ular hamon targ'ibotni to'xtatmagan.

Qaytganlar: Suriyadan O'zbekistonga... "Mehr" operatsiyasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 1:45:27 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG