Breaking News

Bolalar kitoblari, me'morchilik va ijodkorlik mujassam maskan


Vashintondagi Me'morchilik va bunyodkorlik muzeyida
Vashintondagi Me'morchilik va bunyodkorlik muzeyida

Vashingtondagi Me’morchilik va bunyodkorlik muzeyi bolalar uchun ko’rgazma o’tkazib, unda adabiyotni ilhombaxsh manba sifatida qo’lladi. Maqsad – yosh avlod orasida yaratuvchanlikni targ’ib qilish.

Besh qit’adagi 28 davlatdan 150 dan oshiq kitob … O’tgan 200 yil ichida yozilgan asarlar. Kitobxonlik va ijodkorlikka undovchi bu ko’rgazma doimiy bo’ladi. Homiylar kamida 10 yilni ko’zlamoqda. Imoratlar va arxitekturani madh etuvchi bu muzeyda oldin bunaqasi bo’lmagan.

Hozirgi zamonda bolalarning e’tiborini jalb etish oson emas, deydi Aylin Fuks, muzey rahbari.

“Odamlarni qiziqtira olaylik, toki ular dizayn va qurilish sohasini ozgina bo’lsa-da, o’rgansin. Buning uchun esa insoniyatni sehrlab kelgan adabiyotlardan foydalanayapmiz. Sarguzashtlar va xayolot dunyosidan”.

Klassik kitoblarga tayanilgan, fantastika janridagi asarlarga. Ilg’or texnologiya ishga solinmoqda. Suratlar, video va audio orqali bolalarni o’zga bir dunyoga yetaklashadi. Kitoblarning safihalari bo’ylab sayohatdasiz.

Vashingtondagi Me'morchilik va bunyodkorlik muzeyida
Vashingtondagi Me'morchilik va bunyodkorlik muzeyida

Kitobning ruhiy qudratini unutib qo’yganmiz, deydi mutaxassislar.

Muzey xodimi Lenard Markus mehmonlarga 20-asr o’rtalaridagi hikoyalarni aytib beradi - Shvetsiyada bolalar o’sha tahlikali davrlarda nimalarni orzu qilganini.

Markus yosh avlod uchun mo’ljallangan kitoblar bo’yicha tadqiqotchi. Ko’rgazmadagi har bir kitob uning tanlovi. Saralangan adabiyotlar.

“Ayrimlar uydagi hayot haqida, boshqalari esa tashqaridagi vaziyat. Ba’zilari esa g’ayritabiiy va murakkab holatlar xususida. Shunday kitoblarni ham oldikki, ularda bolalar qochqinlar, jabrdiydalar”, - deydi mutaxassis.

Ko’rgazmadagi qator kitoblarda bolalar dunyoni boshqarayotgani tasvirlanadi.

Bolalar uchun kitoblar va me'morchilik ko'rgazmasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:13 0:00

Mehmonlar sayr qilar ekan, hayajonlansin, kutilmagan holatlar bilan yuzlashsin, deydi tashkilotchilar. Bolalar va kattalar ruhiyatini sinovdan o’tkazuvchi galereyadagi mavzular kitoblardagi manzarani tasvirlab beradi.

O’qimagan bo’lsangiz, shu yerda o’rganasiz.

“Bolalar kitoblari aslida ularni hayotda o’z yo’lini va joyini topishga o’rgatishi kerak. Bu – adabiyotning eng kuchli jihati. Me’morchilik va bunyodkorlik ham asar yaratishdek gap”, - deydi Keyti Frankel, muzey xodimi.

Adib va illyustrator Deyvid Makolay o’z asarlarini qanday yozganini tomoshabinga Rim arxitekturasi orqali yetkazib beradi.

“Shaharni tasvirlash uchun eng ma’qul yo’lni qidirayotgan edim … Ranglardan ilhom oldim. Ularni sharhladim. Oq va qora ranglar oddiy, ammo ularda ma’no ko’p. Manzarani kashf etish juda qiziq. Arxitektura namunalarini o’rgandim”, - deydi u.

Ko’rgazmaning bir qismi – kutubxona. Yuzlab kitoblarni xohlagancha o’qishingiz mumkin. Asarlardan ilhomlanib ketsangiz, ustaxona tayyor, kitobdagi manzarani yasashingiz mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Forum

XS
SM
MD
LG