Breaking News

AQShning qora tanli rassomlari o'z jamiyatini tarannum qilyapti


Amerikaning qora tanli rassomlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

AQShda har yili qora tanlilar tarixi oyi o’tkaziladi. Los-Anjelesda qora tanli rassomlarning Amerikaga oid kechinmalari aks etgan ko'rgazma o’tkazildi.

Nyu-yorklik rassom Gay Stenli Filoshning aytishicha, uning "Bizga gullarimizni bering" turkum asarlari afro-amerikaliklar madaniyatini aks ettiradi.

"Bolaligimda doimo muzeylarga borardim va u yerda doim oq tanlilarning portretlarini ko'rganman. Hech qachon qora tanli va menga o'xshaganlarning rasmlari bo'lmagan. Shu bois o’zimiznikilarni ulug’lashga qaror qildim.", - deydi rassom.

Philosh Los-Anjeles ko’rgazmasida qatnashayotgan qora tanli ijodkorlardan biri.

"O'yin vaqti" nomli asarida Grigori Sent Amand Amerikada o'sayotgan qora tanli bolalarning hayotini aks ettiradi.

"G'oya portretdagi qora va oq ranglarning qarama-qarshiligini ifodalash. Xonaga kirib borganingizda, hech kim sizning kimligingizni bilmaydi, sizni o’zlaricha tasavvur qilishadi. Lekin og'zingizni ochishingiz bilan sizning shaxsiyatingiz va siz ulardan biri emasligingiz ma’lum bo’ladi. Barcha ishlarim shuning atrofiga qurilgan”, - deydi ijodkor.

Filadelfiya shahrida o’zbek rassomlari ko’rgazmasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:42 0:00

Yamaykada tug'ilgan Onil Skott AQShga immigratsiya va yangi mamlakatda o'z yo'lini topishga uringan bolalik xotiralarini qalamga olgan.

"Afro-amerikalik sifatida dunyo bo'ylab sayohat qilishda ehtiyotkorlik bilan yondashishingiz kerak bo’lgan narsalar bor. Biz doim o'ylaydigan narsalardan biri bu ongimiz ostida bizni qanday qabul qilishlari haqidagi mavjud xavotirlardir”, - deydi u.

Rassom Serron Gringa ko’ra, qora tanli amerikaliklar yetarli darajada ko’rinmaydi yoki haddan ortiq e’tibor markazida.

"Dunyoga meni xavfli deb o’rgatishgan, chunki men qora tanliman. Bu haddan oshishga misol. Ko'rinmas bo'lishga kelsak, masalan, “Starbaks” do’koniga kirsangiz, boshqalar o’zini go’yoki sizni ko'rmagandek tutadi”, - deydi Grin.

Bruklinlik galereya egasi, ushbu rassomlarning Los-Anjelesdagi ko’rgazmasini tashkil qilgan Tanya Viddemayerning aytishicha, qora tanlilar san'atiga e’tibor butun jamiyatga yordam beradi.

“Kimdir galereyaga kirsa yoki muzeyga kirsa va qaysidir portretda o’zlarini ko'rsa, bu ularni xushnud qiladi. Odamlar o'zlarining e’tirof qilinayotganini his qiladi va uyg'onish sodir bo'ladi, chunki ular o‘sha tasvirdagi odam bilan o’zlarini bog’lay oladi”, - deydi u.

Nyu-Yorkda yashovchi bu rassomlar portret yaratish sir-asrorlarini o’rgatish uchun maktab o’quvchilari bilan ham uchrashdi. Ular o’z g’oyalarini keyingi avlodga o’tkazish umidida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG