Turkiyada 31-mart kuni mahalliy saylovlar o’tadi. Prezident Rajab Toyyib Erdog’an o’z partiyasidan Murat Kurum Istanbul meriga aylanishidan umidvor.
Kurum istanbulliklarni zilziladan himoyalash uchun yarim million yangi uy qurishni va’da qilmoqda.
Istanbulning amaldagi meri, muxolif JXP partiyasi vakili Akrom Imamo’g’lu AKP Istanbul hokimiyatini qayta egallasa, arxitektura nazorati yo’qolishini aytadi.
“Saylov yechimini kutayotgan muammolar uchun muhim”, - deydi u.
Imamo’g’luning 2019-yil saylovidagi g’alabasi shaharda Erdog’anning 30 yillik hukmronligiga yakun yasadi. Muxolif partiyalar ittifoqi saylov natijasini hal qildi.
Biroq o’tgan yil prezident saylovida Erdog’anga mag’lub bo’lgan ittifoq parchalanib ketdi.
“Muxolif partiyalar koalitsiyasi tarqab ketgan. Merlikka da’vogar ko’pday. Murat Kurum yangi siyosatchi sifatida xatolari bor. Ekrem Imamo’g’lu bir qadar oldinda va yaxshi imkoniyatga ega”, - deydi ekspert Atilla Yeshilada.
Imomo’g’luning saylovoldi kampaniyasi elektorat ittifoqini tiklash ilinjida kurd saylovchilarga qaratilgan targ’ibot videolarini e’lon qilgan.
Ekspertlar nazdida, o’tgan yil mag’lubiyatidan keyin hanuz tarqoq qolayotgan saylovchilar birlashsa, Erdog’an bilan kuch sinashish mumkin.
“Mahalliy saylov muxolifat qayta birlashib, eng kamida, yirik shaharlarda tiklanishiga umid beradi. Ayni damda muxolifat o’zini, kelgusida ijtimoiy, siyosiy o’zgarishlar bo’lishiga doir umidlarni himoya qilishi lozim”, - deydi siyosiy tahlilchi Sezin Oney.
Mamlakatda inflyatsiya darajasi 67 foizdan yuqori ekan, Erdog’an fuqarolardan, ularning qarindoshlaridan Istanbul saylovida faol bo’lishni so’ramoqda.
“Erdog’an Istanbulda g’alaba qilsa, muxolifat tarafdorlari saylov uchastkalariga boshqa qaytmaydi. Erdog’an xohlasa yana bir prezidentlik muddatiga ham oson erishadi. Imomo’g’lu keyingi saylovda prezidentlikka munosib nomzod bo’lishi mumkin”, - deydi ekspert Yeshilada.
Tahlilchilar nazdida, Istanbul g’alabasi Erdog’an hokimiyatini mustahkamlaydi. Imomo’g’luning g’alabasi esa Erdog’anni mag’lub etish tomon muhim qadam bo’lishi mumkin.