Breaking News

Pentagon: AQSh-O'zbekiston harbiy hamkorligi joyida


AQSh Mudofaa vazirligida Markaziy Osiyo bo'yicha mutasaddilardan biri, kontr-admiral Erin Osborn O'zbekiston elchisi Furqat Sidiqovdan esdalik sovg'a olmoqda, Vashington, 31-yanvar, 2025
AQSh Mudofaa vazirligida Markaziy Osiyo bo'yicha mutasaddilardan biri, kontr-admiral Erin Osborn O'zbekiston elchisi Furqat Sidiqovdan esdalik sovg'a olmoqda, Vashington, 31-yanvar, 2025

Toshkent va Vashington - strategik sheriklar, deganda avvalo xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamjihatlik va ishonch nazarda tutiladi. Bu rishtalar o'tgan chorak asrda kuchaydi, turli siyosiy to'lqinlarga chidab berdi.

Respublikachi Donald Tramp Oq uyga qaytganidan 10 kun o'tib, O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida harbiy hamkorlik tantana qilindi.

Toshkent va Vashington - strategik sheriklar, deganda avvalo xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamjihatlik va ishonch nazarda tutiladi.

Bu hamkorlik ayniqsa 2000-yillarda AQh terrorga qarshi global kurashga yetakchilik qilgan davrlarda, Afg'onistondagi uzoq urush va undan keyingi yillarda qayta-qayta sinovdan o'tgan.

AQSh-O'zbekiston: Xavfsizlik, mudofaa hamkorligi joyida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:28 0:00

2021-yilning avgustida Tolibondan qochgan afg'on uchuvchilar keltirgan Amerika samolyot va vertolyotlarining aksariyat qismi, o'nlab sonlarda respublikaga hadya qilingan.

Pentagon yaroqli deb topgan vositalardan yettitasi, "Black Hawk" vertolyotlari, hozirda AQShga qaytarilgan, deya tasdiqlaydi rasmiylar.

O'zbekiston elchisi Furqat Sidiqov deydiki, uning davlati AQSh bilan har sohada hamkorlikni oshirishga shay. Xavfsizlik tizimlari va qurolli kuchlar orasidagi azaliy almashinuv va qo'shma dasturlarni Toshkent qadrlaydi va kengaytirishga moyil.

Sidiqov Prezident Shavkat Mirziyoyevdan iqtibos keltirib, O'zbekiston qurolli kuchlari chuqur islohotlardan o'tgan, mustaqillik va tinchlikni kafolatlovchi qo'shindir, deydi.

Uning salohiyatini oshirishda Amerika quvvatlovi, jumladan AQSh Markaziy qo'monligi va boshqa organlar bilan dialog beqiyos ahamiyatga ega, deydi elchi.

US-Uzbekistan: Solid military relationship, say officials
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:27:16 0:00

Pentagonda Markaziy Osiyo endilikda Yevrosiyo idorasining bir qismi, ya'ni Rossiya, Ukraina va boshqa davlatlar qatorida O'zbekiston va uning qo'shnilariga ham qaraladi.

Idoraga vaqtincha boshliq Devis Florik deydiki, Amerika va O'zbekiston - o'zaro ishonch kuchli, effektiv aloqa yuritib kelayotgan sheriklar.

"Mudofaa muloqoti yuqori darajada va mustahkam", - deya maqtaydi Florik, uzoq yillik oldi-berdini sarhisob qilar ekan.

Rasmiy so'zlariga ko'ra, AQSh O'zbekiston bilan nafaqat ikkitomonlama maqsadlar ustida, balki butun Markaziy Osiyo xavfsizligi va barqarorligi yo'lida yaqindan ishlaydi.

Pentagonning harbiy boshqarmasi - Qo'shma shtabdan kontr-admiral Erin Osborn "qurolli kuchlar orasida serqirra hamkorlik shakllangan va tomonlar bir-biriga tayanadi", deya qayd etadi.

"Harbiy mashqlar, trening, chegara xavfsizligi, qoradori savdosiga qarshi kurash va razvedka sohalarida birga ishlab kelamiz", - deydi kontr-admiral.

Bu mutasaddi ham AQSh O'zbekiston mustaqilligi va suverenitetini quvvatlashini eslatadi.

Kontr-admiral Osborn deydiki, O'zbekiston havo kuchlari bilan razvedka hamkorligi yo'lga qo'yilgan va bunga Pentagon butun mintaqa tinchligi uchun sarmoya sifatida qaraydi.

Tramp ma'muriyati mintaqa uchun yangi mas'ul tayinlaydimi yo'qmi, bu hozircha mavhum. Florik va Osborn - tizimdagi karyeristlar, ya'ni prezident komandasidan emas. Shu bois ular prezident kim bo'lishidan qat'i nazar, o'tgan uch o'nyillikda oyoqqa turgan hamkorlikka ishora qiladi.

O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi, Vashington, 31-yanvar, 2025
O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi, Vashington, 31-yanvar, 2025

2012-yildan beri O'zbekiston va Mississippi shtati orasida alohida rishtalar bor, aynan qurolli kuchlar orasida.

Mississippi Miliy gvardiyasi har yili O'zbekistondan bir necha harbiy guruhlarga mezbonlik qilib, birga amaliy mashg'ulotlar o'tkazadi.

Xususan, favqulodda vaziyatlarga javob berish va xavfni bartaraf etish kabi ko'nikmalarga e'tibor beriladi.

Gvardiya boshlig'i general-mayor Bob Jin deydiki, respublika zobitlari bilan ishlash sharafdir.

"Bir-birimizdan o'rganamiz, salohiyatimizni charxlaymiz va buning eng samarali natijasi - o'zaro ishonchdir", - deydi u, O'zbekiston elchixonasida so'zlar ekan.

"Amerika Ovozi" Mississippidan kelgan boshqa harbiylardan ham shuni eshitdi. Almashunuvlar muntazam, deydi ular.

"O'zbekiston mintaqa barqarorligi va xalqaro tinchlik uchun a'lo darajada bel bog'lagan", - deydi general-mayor Jin.

Pentagon Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari bilan ham muayyan shtatlarni biriktirib qo'ygan.

Tramp ma'muriyatiga ko'ra, Mudofaa vazirligi uchun ko'proq mablag' ajratilishi kerak. Kongress bunday qilsa, qanchasi Markaziy Osiyo uchun sarflanadi, buni vaqt ko'rsatadi.

Elchixonadagi tadbirda Tramp ma'muriyati maqsadlari va mintaqaga nisbatan yondashuvi tilga olinmadi. Lekin xizmatdagilar lo'nda qilib aytganda, xususasn O'zbekiston bilan harbiy hamkorlik joyida.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG