Breaking News

G’azoliklar vayron bo’lgan uylariga qaytmoqda


G’azoda otashkesimga doir kelishuvning birinchi bosqichi avjida ekan, yuz minglab aholi G’azo shimoliga qaytdi. Biroq aksariyatining uylari Isroil hujumlarida xarobalarga aylangan.

Xalqaro hayot - 4-fevral, 2025-yil - G’azoliklar vayron bo’lgan uylariga qaytmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:24 0:00

Amjad Abu Ajina urushdan oldin oilasi bilan Bayt Lahiyada yashardi. Isroil hujumlari boshlanishi bilan ular besh marta ko’chishga majbur bo’ldi.

"Eng qiyini evakuatsiya. Bir joyga kelib endi joylashganingizda bir yoki ikki oydan keyin yana ko’chishga to’g’ri keladi. Hamma narsani tashlab, yangidan boshlashga majbur bo’lasiz. Yana endi joylashganingizda yana ketishingizni talab qilishadi”, - deydi u.

Abu Ajinaning ammasi va otasi nogiron bo’lib, ularda faqat bitta aravacha bor. Uning o’zi Isroilda ishlar edi, hozir esa ishsiz. Shunga qaramay, Abu Ajina uyiga qaytganidan xursand.

"Bu kunni orziqib kutdik. G’azo shimoligacha kilometrlab yo’l yurdik. Vaziyat chidab bo’lmas darajada og’ir”, - deydi u.

Abu Ajinaning 9 yashar qizi uyini sog’inganini aytadi.

"Uyimizga bomba tushmagan degan umiddaman. Hamma joy vayron bo’lgan. Urush tugashini xohlayman, portlash ovozlari, bomba ovozlarini ortiq eshitgim yo’q”, - deydi Ratiba ismli qizaloq.

Samiya Salmon ham uyini tashlab chiqqan, ortga qaytish taraddudida.

"Xursand bo’lishni ham, yig’lashni ham bilmayman. Bir tomondan uyimga, mahallamga qaytayotganimdan xursandman. Ammo ikkinchi tarafdan akam urushda o’ldirildi", - deydi ayol.

G’azo Sog’liqni saqlash vazirligi Isroil hujumlarida 60 mingdan ziyod falastinlik nobud bo’lganini bildirmoqda.

G’azo qachon va kim tomonidan tiklanishi hozircha ma’lum emas. Uyini yo’qotgan yuz minglab odam uchun vaqtincha boshpanaga 6,5 milliard dollar kerakligi aytilmoqda.

Hududni vayronalardan tozalash uchun qo’shni Misr G’azoga og’ir texnika yubormoqda.

AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo’yicha maxsus vakili Stiv Uitkof sektorni qayta qurishga 10-15 yilcha vaqt ketishini, ungacha g’azoliklar arab davlatlariga ko’chirilishi kerakligini aytadi, biroq bunga na g’azoliklar, na arab mamlakatlari rozi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG