Breaking News

Xillari Klinton Markaziy Osiyo va Afg'oniston ayollariga murojaat qildi


Xillari Klinton Markaziy Osiyo va Afg'oniston ayollariga murojaat qildi
Xillari Klinton Markaziy Osiyo va Afg'oniston ayollariga murojaat qildi

Bishkekda Amerika homiyligida Markaziy Osiyo va Afg'oniston ayollari iqtisodiy simpoziumi o'tmoqda.

AQSh qatorida bu tashabbusni BMT, Jahon Banki, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki va Og'a Xon Jamg'armasi quvvatlagan. Anjumanda 100 ga yaqin siyosatchi, tadbirkor va faol ayollar qatnashmoqda (O'zbekistondan hech kim yo'q). Simpoziumdan maqsad - xotin-qizlarning iqtisodiyotdagi rolini oshirish, ularga ko'proq yordam berish va bugungi sharoit va muammolar haqida gaplashib olish.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton ularga video murojaat qildi:

«Markaziy Osiyo va Afg’oniston ayollari uchun iqtisodiy imkoniyat yaratishni ko’zlovchi bu muhim anjumanga xush kelibsiz.

O’tgan yili Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitida bu simpozium haqida chin ishtiyoq bilan gap ochganim esimda. G’oyani hayotga tadbiq etib, katta davra qura olibsiz, boshim osmonga yetdi!

Ayniqsa, hammani bir joyga to’plagan prezident Roza Otunbayevaga minnatdorchilik izhor etaman.

Ayollar biznes ochishi, yangi loyiha boshlashi uchun kengroq imkoniyat yarataylik. Xotin-qizlar hayotiga qancha ko’p sarmoya tiksak, jamiyat iqtisodiy jihatdan o’sadi, farovon va osuda yashaydi.

Bugungi simpozium mehmonlari mazkur sarmoya ahamiyatini juda yaxshi biladi.

Shu fursatdan foydalanib, fikr-tajriba almashasiz, muammolar va ularni hal qilish yo’llari haqida suhbat qurasiz deb umid qilaman, zero yurtingiz va mintaqangiz taraqqiyoti shunga bog’liq.

Sir emas, inson muvaffaqiyat qozonishida uning oilasi, mahallayu vatanining hissasi serob.

Shunday ekan, xotin-qizlar salohiyatiga ishonib, yurt ravnaqiga hissa qo’shayotgan siyosat va biznes, ta’lim va xayriya bilan mashg'ul tomonlarga, shuningdek fuqarolik jamiyati a'zolariga rahmat aytaman.

Kelajakda simpozuim davrasi yana kengayib, yangi homiy va sheriklar qo’shiladi degan umiddaman.

Taslim bo’lmang, bor bo’ling, muvaffaqiyat sari harakat qiling va men bular haqida eshitay. Umid qilamizki, bu hamkorlik hali uzoq davom etib, mevasiga avlodlar ham sherik bo’ladi.»

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG