Breaking News

Inson huquqlarini muhofaza qilish va demokratlashtirish borasidagi 2004 yilgi bosh sovriniga O’zbekistonda ishlayotgan diplomat sazovor bo’ldi


AQSh Davlat departamentining inson huquqlarini muhofaza qilish va demokratlashtirish borasidagi 2004 yilgi bosh sovriniga O'zbekistonda ishlayotgan amerikalik diplomat, AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimi Maykl Goldman sazovor bo'ldi.

Maykl Goldmanning faoliyati uchinchi bor chop etilayotgan yillik "Inson huquqlari va demokratiyani qo'llab-quvvatlash. AQShning ko'rsatkichlari" hisobotiga qo'shgan ulkan hissasi uchun yuqori baholandi. Mazkur hisobot Qo'shma Shtatlarning mamlakatlarida erkin jamiyat qurishga o'z hayotlarini bag'ishlagan insonlar va tashkilotlar bilan aloqalarini, shu yo'nalishdagi muammolarni va AQShning ularga nisbatan munosabat va yechimlarini topish yo'lidagi harakatlarini yoritib beradi.

Har yili topshiriladigan inson huquqlarini muhofaza qilish va demokratlashtirish borasidagi sovrin mazkur yo'nalishlarda ijobiy natijalarga erishish uchun o'z hissasini qo'shgan, o'zi ishlayotgan mamlakatda inson huquqlari bo'yicha izlanishlar o'tkazib, vaziyatni va demokratik jarayonlarni hammadan yaxshi ta'riflab bergan AQShning chet-eldagi diplomatiga topshiriladi.

Maykl Goldman mana shu sovrinni o'z elchilari tomonidan ovozi qo'yilgan to'qqiz nomzod orasida qo'lga kiritdi.

XS
SM
MD
LG