Breaking News

AQSh o'zbek hukumatini hibsga olingan jurnalistga nisbatan odil munosabatda bo'lishga chaqirmoqda


Amerika Qo'shma Shtatlari hukumati O'zbekiston hukumatini Konstitutsiyaga qarshi harakatda ayblanib, yaqinda hibsga olingan mahalliy jurnalistga nisbatan odil va insoniy munosabatda bo'lishga da'vat etdi.

Davlat departamenti matbuot kotibi Adam Yerelining aytishicha, AQShda 11 aprelda hibsga olingan Sobirjon Yoqubovning ishi yaqindan kuzatilmoqda. Yereli o'zbek hukumati tanqidiy maqolalarning chop etilishini cheklash maqsadida oldin ham jurnalistlarni tazyiq ostiga olganligini eslatib o'tdi.

"Xurriyat" haftalik gazetasining muxbiri Sobirjon Yoqubov, aybdor deb topilgan taqdirda, 20 yil muddatga qamalishi mumkin. Uning islom dini, siyosiy islohlar va Ukrainadagi "qo'ng'ir inqilob"ga bag'ishlangan qator maqolalari gazeta yuzini ko'rgan.

Nyu Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish tashkilotining xabar berishicha, agar Yoqubovning birgina aybi uning diniy e'tiqodi va siyosiy qarashlari bo'lsa, u darhol ozod etilishi kerak.

XS
SM
MD
LG