Breaking News

AQSh xavfsizlik kuchlari terror xurujlariga qarshi mashqdan o'tmoqda


AQShda qalbaki terror hujumlari yangilik emas. Ular favqulodda xizmat ko’rsatuvchilarning kuchini sinaydi.

Masalan, Konnektikut shtatida o’tkazilgan ana shunday mashqda federal agentlar tomonidan kimyoviy qurollar portlashi sahnalashtirildi. Tez yordam vositalari va ko’ngilli jabrdiydalar jalb etildi. Hatto ko’chmanchi boshqaruv markazi ham tashkil etildi.

Nyu Jersi shtatida esa, sun’iy biologik hujum uyushtirildi. Xavfsizlikni saqlash kuchlari uch maxsus mashinada avtomobillar qo’yiladigan maydonga yetib keldi. Unda agentlar bu mashinalarning raqami ularning qo’lidagi raqamga mos kelmagach, kasalxonada gripp bilan yotgan bir bemordan shubhalanadi va darhol ishga tushadilar.

Mashqlarning qanday kechayotgani AQSh ichki xavfsizlik vazirligining Vashingtondagi boshqaruv markazidan kuzatilmoqda. Xizmatchilar mashg’ulotlar davomida kommunikatsion qobiliyatlarini oshirib, jamoatchilik va matbuot bilan ishlashni, bu kabi voqea yuz berganda xalqni xabardor qilish muhimligini o’rganadilar.


"Qalbaki hujumlarni uyushtirishdan maqsadimiz odamlarga biror kutilmagan hodisa yuz berganda, favqulodda xizmat ko’rsata bilamiz, deya maqtanish emas,"- deydi AQSh ichki xavfsizlik vaziri Maykl Shertoff. "Asl maqsadimiz - ishimizning zaif yoki muammoli tomonlarini topish, o’rganish va ularni tuzatish. Mashq qilish saboq beradi."

Bu sinovlarda AQSh, Kanada va Britaniyadan 10 mingdan ziyod kishi ishtirok etmoqda. Mashg’ulotlarni 13 davlat vakillari kuzatmoqda.

XS
SM
MD
LG