Breaking News

Iroqda kurd siyosatchisi prezidentlikka qasamyod qildi


Bir necha oylik siyosiy bahslar va t ortishuvlardan so'ng, Iroq parlamenti kurd siyosatchisi Jalol Talabanini mamlakat prezidenti sifatida qasamyodga keltirildi.

Saddam Husseyn hukmronligi ostida kurd jamoasi manfaati uchun tinimsiz kurashib kelgan keksa yetakchining prezidentlik kursisiga o'tirishi ham tarixiy, ham timsoliy voqea deb, ta'riflanmoqda.

Talabani Iroq sun'iylarini birdamlikka, siyosiy faollikka chaqirib, ularni demokratik jarayonlarda ishtirok etishga chorladi. Ma'lumki, isyonchilarning asosi sun'iylardan iborat, deya taxmin qilinadi.

Iroq prezident kengashi uch a'zodan iborat bo'ladi: prezident va uning ikki o'rinbosari. Shialar jamoasidan chiqqan Odil Abdul Mahdi va sun'iylar vakili G'ozi al-Yawar vitse-prezidentlik kursisini egallaydi.

Shundan so'ng, Iroq parlamenti shia fuqaro Ibrohim al-Jafarini bosh vazir etib tayinladi. Jafaridan kelasi 15 kun ichida o'z mahkamasini tayinlash kutiladi.

"Amerika Ovozi" ning Kurd xizmatiga intervyu berarkan, Talabani kelasi bir hafta ichida yangi hukumat tuzishga umid qilayotganini bildirdi.

"Iroqning o'z xavfsizlik kuchlari mustaqil xizmatga qodir emas ekan, biz koalitsiya qo'shinlarining mamlakatdan chiqib betishini so'ramaymiz,"-dedi yangi prezident.

Prezident Bush, o'z navbatida, Iroq prezident kengashini tabriklab, AQSh Iroqning yangi hukumati bilan ishlashni orziqib kutmoqda, dedi. AQSh Davlat departamenti so'zlovchisi Richard Boucher Iroqdagi o'zgarishlarni tarixiy yangilanish deb atadi.

XS
SM
MD
LG